Butun dunyodagi iqtisodiyotning rivojlanişi mamlakatdagi transport infratuzilmasining holatiga ham boğliq. Infratuzilmasi yaxşi rivojlangan mamlakatlar bu sohada muammoga ega bölganlarga qaraganda ustunlik qiladi.
Transportning işonçli turlaridan biri temir yöl transporti hisoblanadi. AQŞ va Yaponiya kabi rivojlangan mamlakatlarda har kuni millionlab yölovçilar işga boriş va işdan qaytiş uçun poyezddan foydalanişadi. Temir yöl transportiga ortib borayotgan talabni qondiriş uçun yirik vokzallar qurilgan va eskilari qayta ta'mirlangan.

Sindzyuku vokzali (Shinjuku Station)
Tokioda joylaşgan Sindzyuku vokzali dunyodagi eng band vokzal hisoblanadi. Yölovçilar oqimi kuniga 3,6 million kişini taşkil etadi. U Tokioning ğarbiy qismidagi Sindzyuku va Sibuya tumanlarini birlaştiradi.
Stansiya yer usti va yer osti arkadlar bilan qöşib hisoblaganda 36 platforma, 200 dan ortiq çiqiş joylari va bir neça tunnellarga ega. Sindzyuku beşta, jumladan, JR-East, Tokyo Metro, Odakyu, Toei Subway va Keio Corporation stansiyalaridan iborat. JR-East stansiyasi ular orasida eng band stansiya hisoblanib, kuniga yarim millionga yaqin kişiga xizmat körsatadi.

Gar-dyu-Nor (Gare du Nord)
Gar-dyu-Nor yoki Şimoliy vokzal Parijda joylaşgan va Yevropada yölovçilar miqdori böyiça yetakçi sanaladi. U har kuni 214 millionga yaqin kişiga xizmat qiladi. Stansiya ilk marta 1846 yilda oçilgan, 1864 yilda esa vokzal kengaytirilgan.
Gar-dyu-Nor 44 ta platformaga ega va Yevropada kattaligi böyiça ikkinçi örindagi temir yöl vokzali sanaladi. Unga uçta asosiy tranzit tizimlari, Parij metrosi tranzit tizimi, RER temir yöl tizimi va avtobus marşrutlari tomonidan xizmat körsatiladi. Şimoliy vokzal ikkita yöldan iborat, ulardan biri Parijning şimolidan janubga ötadi. Vokzal xalqaro yönalişlar – Germaniya, Buyuk Britaniya, Niderlandiya va Belgiyaga ham xizmat qiladi.












