Şu yilning 13 aprelida Vazirlar Mahkamasining «Elektr energetika tarmoğida tarif siyosatini takomillaştirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi qaroriga köra, 2020 yil 1 yanvardan boşlab elektr energiyasi uçun tariflarni şakllantirişning yangi tartibi kuçga kiradi.

Maqolada, aynan şu kutilayotgan islohot töğrisida fikrlaşamiz.

Avvalo, bugungi kundagi elektr energiyasi tariflari töğrisida. Özbekiston jahonda elektr energiyasini iste'molçiga yetkazib beriş narxlari arzon (2,9 sent) mamlakatlar qatoriga kiradi (qiyoslaş uçun, Germaniyada 33 sent, Yaponiyada 22 sent, Xitoyda 8 sent atrofida). Ammo uzoq muddat sun'iy ravişda energiya resurslarining nisbatan arzon tariflarini saqlab turiş soha rivoji uçun köplab zararli oqibatlarni keltirib çiqaradi. Energiya işlab çiqaruvçilari tizimli ravişda moliyaviy ziyon körib işlaydi, mamlakatda energiya sarfi asossiz ravişda oşib boradi, subsidiyalar hisobiga davlat budjetida teşik yuzaga keladi hamda energetika tarmoğini texnologik yangilaş va modernizatsiya qiliş juda qimmatga tuşadi va deyarli imkonsiz vazifaga aylanib qoladi.

Prezident Şavkat Mirziyoyev senatning 20-yalpi majlisida qilgan ma'ruzasida elektr energiyasi narxlarini liberallaştiriş zaruriyati töğrisida töxtalib ötgan edi.

Elektr energiya narxini liberallaştiriş uning narxini davlat iştirokisiz, erkin bozor munosabatlari asosida şakllanişini bildiradi. Ya'ni mahsulot işlab çiqaruvçi va yetkazib beruvçi korxonalar, avvalo özining sarf-xarajatlari va bozordagi talab asosida narx belgilaydi. Töğri, bu boşidanoq talab-taklifning mukammal munosabatlari aks etgan mutlaq erkin bozor böladimi-yöqmi, bilmaymiz.Çunki ma'lum muddat davomida barça energiya işlab çiqaruvçilarni birdek qöllab-quvvatlaş maqsadida özaro muvofiqlaştirilgan tariflar örnatilişi mumkin. Lekin maqsad faqat narxni oşiriş bölib qolmasligi va sohada sof raqobatga asoslangan erkin bozor munosabatlarini şakllantiriş lozim.

Kutilayotgan islohot bizga nima beradi?

1. Sohaga çet el investitsiyalarini faol jalb qiliş

Elektr energetika sanoatining öziga xosliklaridan biri şuki, u yirik hajmli kapital xarajatlarni (CAPEX) talab etadi. Özbekistonda elektr energiyasi işlab çiqaruvçi korxonalar mahsulotini davlat tomonidan jilovlangan narxlarda sotişi oqibatida zarar körib işlaydi. Tabiiyki, heç qaysi investor öz mablağini bunday moliyaviy zarar keltiruvçi, istiqbolsiz loyihalarga tikmaydi. Şuningdek, Xalqaro valuta fondi yoki jahon Banki kabi yirik xalqaro moliya taşkilotlari ham kreditlar ajratiş uçun davlat rahbariyatidan muvozanatli budjet şakllantirişni talab qiladi. Tizimli ravişda davlat subsidiyalari asosida faoliyat yurituvçi sektorlar mavjudligi aksariyat hollarda mamlakat nomutanosib budjetga egaligini körsatadi.