Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namanganda investitsiya loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish masalalari ko‘rib chiqildi
2019 yil 1 iyul kuni Namangan shahrida O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne'matov va Namangan viloyati hokimi Xayrulla Bozorovning raisligida videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda mamlakatning mintaqaga biriktirilgan xorijdagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlari, viloyatlar tumanlari hokimliklari, qator vazirlik va idoralar vakillari hamda loyihalarning mahalliy hamkorlari ishtirok etdilar.
Maqsad - Namangan viloyatida investitsiya loyihalarini amalga oshirishni tezlashtirish, ilg‘or va innovatsion texnologiyalarni jalb qilish, mahalliy tovarlarni tashqi bozorga eksport qilish va chet ellik turistlar oqimini ko‘paytirish, mintaqa oliy ta'lim muassasalari va xorijiy universitetlar o‘rtasida sheriklik aloqalarini yo‘lga qo‘yish.
Videokonferensiyada O‘zbekistonning xorijdagi 23 ta davlat, jumladan, Koreya Respublikasi, Turkiya, Xitoy, Rossiya, Cingapur, Fransiya, Hindiston, Italiya, BAA, Avstriya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Eron, Misr, Ozarboyjon, Pokiston, Ummon, Kuvayt, Belgiya, Polsha, Tailand, Qirg‘iziston, Ukrainadagi diplomatik missiyalari rahbarlari ishtirok etdilar.
Videoselektor chog‘ida umumiy qiymati 1,3 milliard AQSh dollari bo‘lgan 100 dan ortiq investitsiya loyihalarini amalga oshirish va o‘zlashtirish bo‘yicha davlat rahbarining ko‘rsatmasi yetkazildi. Ushbu loyihalar prezident Shavkat Mirziyoyevning Namangan viloyatiga tashrifi (2019 yil 28 fevral – 1 mart) va Doing business with Namangan Xalqaro investitsiya forumi (2019 yil 7-8 iyun, Namangan) yakunlariga ko‘ra elchixonalar ishtirokida ishlab chiqilgan. Namangan forumi natijasida umumiy qiymati 350 million AQSh dollariga teng 48 ta investitsiya bitimlari va eksport shartnomalari imzolangan edi.
Xususan, har bir loyiha «TIV – elchixona – Namangan viloyati hokimligi – viloyatning tegishli idorasi» shaklida tanqidiy tahlil qilindi. Yig‘ilish davomida loyihalarni o‘z vaqtida amalga oshirishga to‘sqinlik qiluvchi qator masalalar amaliy jihatdan hal qilindi.
Investitsiya loyihalarini amalga oshirishning joriy masalalarini hal qilish maqsadida viloyatga biriktirilgan elchixonalar tomonidan Namangan viloyati tumanlari hokimliklari rahbarlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishchi aloqa o‘rnatildi.
Shuningdek, elchixonalar, Namangan viloyati hokimligi va vazirliklar vakillari tarkibida sog‘liqni saqlash va qishloq xo‘jaligi sohalarida investitsiya loyihalarini o‘zlashtirishni jadallashtirish maqsadida ishchi guruh tashkil etish masalasi muhokama qilindi.
Mavzuga oid
20:20 / 23.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Namangan xalqaro gullar festivalining mehmoni bo‘ldi
17:48 / 23.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatini rivojlantirish bo‘yicha muhim topshiriqlar berdi
14:38 / 23.06.2026
Namanganda sun’iy intellekt sohasidagi loyihalar taqdim etildi
13:53 / 23.06.2026