Oʻzbekiston milliy jamoasi 21-sentabr kuni navbatdagi oʻquv-mashgʻulot yigʻinini boshlaydi.

Yigʻin doirasida milliy jamoa 24-sentabr kuni Eron, 1-oktabr kuni Suriya hamda 6-oktabr kuni Koreya Respublikasiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvlari oʻtkazadi.

Bosh murabbiy Fabio Kannavaro tomonidan yigʻinga quyidagi futbolchilar jalb etilgan:

Darvozabonlar:

Abduvohid Neʼmatov ("Nasaf"), Vladimir Nazarov ("Paxtakor"), Edem Nemanov ("Dinamo Samarqand"), Samandar Muratbayev ("Nasaf")

Himoyachilar:

Abduqodir Husanov ("Manchester Siti", Angliya), Nurmuhammad Abdugʻaniyev ("Neftchi"), Muhammadrasul Abdumajidov ("Paxtakor"), Mahmudjon Mahamadjonov ("Dinamo Maxachkala", Rossiya), Muhammad Hakimov ("Bunyodkor"), Hojiakbar Alijonov ("Paxtakor"), Sherzod Nasrullayev ("Paxtakor"), Behruzjon Karimov ("Lugano", Shveysariya), Gʻiyosjon Rizaqulov ("Qizilqum"), Jahongir Oʻrozov ("Rubin Qozon", Rossiya)

Yarimhimoyachilar:

Umarali Rahmonaliyev ("Sabah", Ozarboyjon), Dostonbek Hamdamov ("Paxtakor"), Akmal Mozgovoy ("Paxtakor"), Azizjon Gʻaniyev ("Baniyas", BAA), Odiljon Hamrobekov ("Traktor", Eron), Abbos Fayzullayev ("Boshoqshehir", Turkiya), Jasur Jaloliddinov ("Navbahor"), Ruslan Jiyanov ("Navbahor"), Sardor Bahromov ("Nasaf"), Sherzod Esanov ("Buxoro"), Aziz Xolmurodov ("OKMK"), Azizbek Toʻlqinbekov ("Bunyodkor"), Behruz Oʻktamov ("Surxon"), Diyor Xolmatov ("Navbahor")

Hujumchilar:

Eldor Shomurodov ("Boshoqshehir", Turkiya), Azizbek Amonov ("Dinamo"), Husayn Norchayev ("Navbahor"), Muhammadali Oʻrinboyev ("Antverpen", Belgiya)

Mazkur yigʻinga Oʻzbekiston olimpiya jamoasining 5 nafar futbolchisi jalb qilingan, biroq ular ayni paytda Yaponiyada boʻlib oʻtayotgan Osiyo oʻyinlarida ishtirok etmoqda.