Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston jahon pasportlari indeksida yanada pastladi
2019 yilning 2 iyul kuni Henley & Partners kompaniyasi turli mamlakatlar fuqarolari uchun harakatlanish erkinligi darajasini ko‘rsatadigan pasportlar reytingini yangiladi.
O‘zbekiston avvalgi yangilanish bilan solishtirganda yetti pozitsiyani yo‘qotdi va hozir 88-o‘rinni egallab turibdi. Respublika fuqarolari vizasiz 56 mamlakatga tashrif buyurishi mumkin. Yana bir davlatda ham xuddi shunday ko‘rsatkich - Kot-d'Ivuar.
Yaponiya va Singapur hamon birinchi o‘rinni bo‘lishib turibdi. Ushbu davlatlar fuqarolari 189 mamlakatga vizasiz borishi yoki kelganidan keyin viza olishi mumkin. Uch oy muqaddam birinchi o‘rinda bo‘lgan Janubiy Koreya endi Germaniya va Finlyandiya bilan birga ikkinchi o‘rindan joy olgan (187 mamlakat). Uchinchi o‘rindan uch davlat o‘rin oldi - Daniya, Italiya va Lyuksemburg (186 mamlakat).
MDH davlatlari orasida Ukraina eng yaxshi ko‘rsatkichga ega (44-o‘rin, 126 mamlakat), undan keyin Moldova (49-o‘rin, 119ta mamlakat) va Rossiya (51-o‘rin, 116 mamlakat) bormoqda. Markaziy Osiyoda Qozog‘iston eng yaxshi ko‘rsatkichni qayd etdi (69-o‘rin, 75 mamlakat).
Afg‘oniston va Iroq vizasiz mos ravishda 25 hamda 27 mamlakat ko‘rsatkichi bilan so‘nggi pog‘onalarda qolmoqda.
Muqaddam Viza cheklovlari indeksi sifatida mashhur bo‘lgan Pasportlar indeksi Henley & Partners kompaniyasi tomonidan Xalqaro havo transporti assotsiatsiyasi (IATA) bilan hamkorlikda 2006 yildan beri e'lon qilinadi.
Mavzuga oid
12:59 / 11.01.2025
«Eng kuchli» pasportlar reytingi. Singapur yetakchi, O‘zbekiston 80-o‘rinda
17:33 / 07.12.2024
Kipr Putinning sobiq kursdoshiga berilgan «oltin pasport»ni olib qo‘ymadi
17:27 / 26.11.2024
Qozog‘iston pasporti Markaziy Osiyoda eng kuchli deb topildi
18:21 / 13.08.2024