O‘zbekistonda mahkumlarga qator huquqlar berildi
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalariga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar Adliya vazirligida davlat ro‘yxatdan o‘tkazildi. Bu haqda vazirlik telegram kanalida xabar berildi.
Kiritilgan qo‘shimchalar bilan mahkumlarga quyidagi huquqlar berildi:
ob-havo sharoiti yo‘l qo‘ysa, ishdan bo‘sh vaqtida toza havoda mashqlar bilan shug‘ullanish;
psixologik yordam olish;
xavfsiz mehnat sharoitiga ega bo‘lish, dam olish, ta'tilga chiqish, mehnatiga haq olish.
Endilikda mahkum og‘ir kasallikka chalingan taqdirda, telefon orqali qo‘shimcha so‘zlashishga, shuningdek shifokorning ko‘rsatmasi bilan qo‘shimcha uchrashuvga ruxsat beriladi.
Mahkumlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish davriyligi aniqlashtirildi hamda mahkumlarning har 6 oyda kamida bir marta, shuningdek ularning murojaatiga ko‘ra tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish kerakligi belgilandi.
Mavzuga oid
15:49 / 02.11.2024
O‘zbekistonda har 100 ming aholiga 68 nafar mahkum to‘g‘ri kelmoqda
12:30 / 25.10.2024
Xorijdagi mahkumlarni O‘zbekistonga qabul qilish tartibi takomillashtirilyapti
08:30 / 01.10.2024
Uch yilda 2 mingdan ortiq fuqaro ota-onalik huquqidan mahrum qilindi
08:10 / 23.09.2024