2019 yilning I yarim yilligida Özbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Rossiya Federatsiyasining Xorijiy fuqarolarni vaqtinçalik saqlaş markazlarida bölgan, hujjat va mablağlarsiz qiyin ahvolda qolgan jami 719 nafar fuqaroni Özbekistonga qaytardi.

Fuqarolarni ortga qaytariş bilan boğliq barça xarajatlar vazirlik huzuridagi Xorijda mehnat faoliyatini amalga oşiruvçi şaxslarni qöllab-quvvatlaş hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qiliş jamğarmasi hisobidan qoplandi.

Qaytarilgan fuqarolar bepul maxsus tibbiy körikdan ötkazilib, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining mas'ul mutaxassislari tomonidan işga joylaşiş, kasbga öqitiş va qayta öqitiş masalalari böyiça taşkillaştirilgan muloqotlarida iştirok etdi.

Şuningdek, xorijda qiyin ahvolda qolgan yurtdoşlarimiz vaziyati hisobga olinib, ularga yaşaş joylariga yetib olişlari uçun EKOIHning 1 baravari miqdorida pul mablağlari berildi.

Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Özbekiston Respublikasining taşqi mehnat migratsiya tizimini yanada takomillaştiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori hamda 2018 yil sentyabrdagi Hukumatlararo komissiyaning 19-kengaşida Özbekiston va Rossiya Federatsiyasi örtasida erişilgan kelişuvga muvofiq, xorijda qiyin ahvolda qolgan yurtdoşlarni Özbekistonga qaytariş çora-tadbirlari boşlangandan buyon, ya'ni 2018 yilning oktyabridan 2019 yilning iyun oyiga qadar jami 920 nafar fuqaro Özbekistonga qaytarildi.