Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya kompaniyasi «Baxt» ko‘lida turistik majmua qurishni rejalashtirmoqda
Joriy yilning 1 iyul kuni poytaxtdagi Bektemir tumani hokimligida Toshkent shahar Turizmni rivojlantirish departamenti taklifiga binoan Hasan Ilbay boshchiligidagi turkiyalik investorlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, unda Bektemir tumani hokimi, departament vakillari hamda investorlar ishtirok etishdi. Uchrashuv doirasida xorijlik sarmoyadorlar bilan tumandagi «Baxt ko‘li» investitsiya loyihasi yuzasidan muzokaralar olib borildi.
Turkiyaning Ilbay Inşaat Enerji San. Tic kompaniyasi vakillari ushbu loyiha bo‘yicha taqdimot o‘tkazishdi. Investor «Baxt ko‘li» loyihasi uchun ajratilgan 60 gektar hududda zamonaviy ko‘p tarmoqli turistik ko‘ngilochar maskan barpo etish bo‘yicha o‘z takliflarini berdi.
Shuningdek, uchrashuvda loyiha yuzasidan ikki tomonlama hamkorlik qilish masalalari ko‘rib chiqildi va kelgusida muzokaralarni davom ettirishga kelishib olindi, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
11:46 / 10.07.2026
Turkiya omili: NATOda zarur, YeIda ortiqchami?
18:32 / 09.07.2026
«Kuchliroq NATOda kuchliroq Yevropa» – Anqaradagi sammit qanday o‘tdi?
18:10 / 09.07.2026
Erdo‘g‘an NATO yetakchilariga shaxsiy to‘pponcha sovg‘a qildi
20:08 / 07.07.2026