Ayolni bejiz gulga qiyoslaşmaydi. Zero, u nozik xilqat, nafosat timsoli. Ammo, şunday ayollar borki, ularning sabr-matonati metindan qattiq, toğlardek mustahkam. Beş nafar farzandning onasi Dilorom Islomova sabr va toqat timsoliga aylanayozgan ayollardan biri. Mana, bir neça oydirki, yolğiz ona (turmuş örtoği turli vajlar bilan jazoni ötaş muassasasida) uy musodara qilingaç, ijarama-ijara yaşab kun keçirdi. Ammo voyaga yetmagan farzandlari bilan ijara haqini tölaş ham qiyin bölib qoldi, tor hovlida tiqilib yaşayotgan uç oilaning törtinçisi bölib, Dilorom ota uyiga qaytib kelişga majbur böldi.
Video: Youtube
Video: Mover (tas-ix)
«Ota-onam pensioner, özlari ham köpçilik: ikki akam, beş nafar farzandi, turmuşga çiqmagan singillarim bor» , — deya oilaning tang ahvolini tuşuntiradi Dilorom Islomova.
Uyda xonalar yetişmasligi sababli Diloromning akasi 3 nafar farzandi bilan ijaraga çiqib ketgan. Dilorom esa farzandlari bilan oşxonada yaşab kelmoqda. Kiçik farzandi hali gödakligi tufayli (1 yoş) işlab pul topişga ham imkoniyati ham yöqolgan. Şunga qaramay, qora qozonni qaynatiş uçun 13 yoşli tönğiç qizi va beş bolaning onasi pişiriq sotadi.
Bir yoqda esa, ikki farzand maktabga, yana ikkisi boğçaga çiqişi kerak. Dilorom barçaning rizqini berib turgan Zot uni ham taşlab qöymasligiga işonadi. Aynan mana şu işonç Diloromning: «Bir kun kelib, bu vaziyatdan çiqib ketaman. Agar çiqolmasam sabr qilaman» , — degan sözlarida mujassam.

Har bir idrokli şaxs atrofdagi yaqinlari, jamiyatning boşqa a'zolariga e'tiborsiz bölişi mumkin emas. Beş bolaning kelajakda yetuk olim va mehnatkaş kadrlar bölib tarbiya topişida Dilorom yordamga muhtoj. Arzimagan kömak, şirin söz va e'tibor beş qalbga yaxşilik uruğini ekadi, ular mehribon bölib ulğayişiga sababçi böladi.
Xayriya qilmoqçi bölganlar uçun Dilorom Islomovaning plastik karta raqami:











