Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasida bir qator tayinlovlar amalga oşirildi.

Nodirbek Boytemirov

Özbekiston Respublikasi Boş prokurorining buyruğiga asosan Nodirbek Nu'manoviç Boytemirov Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi Içki xavfsizlikni ta'minlaş boşqarmasi boşliği lavozimiga tayinlandi.

U bu lavozimda Najimaddin Baymurzayeviç Jolamanov örnini egalladi.

Nodirbek Boytemirov 1973 yilda tuğilgan, ma'lumoti oliy, huquqşunos. 1995 yilda Toşkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

Prokuratura organlaridagi iş faoliyatini 1995 yilda Farğona şahar prokuraturasining iş örganuvçisi sifatida boşlab, prokuratura organlarida turli lavozimlarda, jumladan Boş prokuratura içki xavfsizlikni ta'minlaş inspeksiyasi boşliği, Xorazm viloyati prokurorining birinçi örinbosari sifatida faoliyat olib borgan.

Tayinlangunga qadar Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati devoni bölim mudiri lavozimida işlagan.

Sodiqjon Nazarov

Özbekiston Respublikasi Boş prokurorining buyruğiga asosan Sodiqjon Rahimoviç Nazarov Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi Kadrlar boşqarmasi boşliği lavozimiga tayinlandi. U bu lavozimda Jahongir Sirojiddinoviç Mirsafayev örnida iş boşladi.

Sodiqjon Nazarov 1961 yilda tuğilgan, ma'lumoti oliy, huquqşunos. 1985 yilda Toşkent davlat universitetini tamomlagan.

Prokuratura organlaridagi iş faoliyatini 1992 yilda Sirdaryo tumani prokurorining yordamçisi lavozimida iş örganuvçi sifatida boşlab, Şarof Raşidov, Xovos, Sardoba, Sayxunobod tumanlari prokurori, Boş prokuratura va Sirdaryo viloyat prokuraturasining turli lavozimlarida faoliyat olib borgan.

Tayinlangunga qadar Sirdaryo viloyati prokuraturasi fuqarolik sud işlarini yuritişda prokuror vakolatini ta'minlaş bölimi prokurori lavozimida işlagan.