1. Rossiya hududiy suvlarida 14 nafar suvosti-dengizçisi halok böldi

Voqea 1 iyul, duşanba kuni yuz berdi. Halokatga suvosti apparati bortida kelib çiqqan yonğin sabab böldi, deb xabar berdi Rossiya mudofaa vazirligi.
«Ön tört nafar suvosti-dengizçisi yonğin paytidagi tutun natijasida halok böldi», — deyiladi vazirlik xabarida.

2. Suvosti apparati mudofaa vazirligi manfaatlari yuzasidan okeanni örganiş bilan şuğullangan 

«1 iyul kuni Rossiya hududiy suvlarida Rossiya harbiy-dengiz floti manfaatlari yuzasidan Jahon okeani tubini örganişga möljallangan ilmiy-tadqiqot suvosti apparatida batimetrik ölçovlar olib boriş çoğida yonğin kelib çiqdi», — deb xabar berdi mudofaa vazirligi.

3. Yonğinni öçirişga muvaffaq bölişgan 

«Jamoaning sa'y-harakatlari bilan yonğin öçoği bartaraf etildi. Suvosti apparati Severomorsk harbiy-dengiz bazasida saqlanmoqda», — deya iqtibos keltiradi TASS mudofaa vazirligidan.

4. Suvosti apparatida tirik qolganlar borligi aniqlandi

Jabrlanganlar mudofaa vazirligining Severomorskdagi harbiy-dengiz klinik gospitaliga keltirilgan. Halok bölgan 14 dengizçining jasadlari ham şu yerga olib kelingan.
Baza Telegram-kanalining xabariga köra, 4-5 kişi tirik qolgan. 

5. Yonğin kelib çiqişi sababi hozirça noma'lum 

Suvosti apparatida yonğin kelib çiqişi va 14 dengizçining halok bölişi yuzasidan tergov işlarini Rossiya harbiy-dengiz floti qömondoni Nikolay Yevmenov boşqarmoqda. 
Rossiya tergov qömitasi dengizçilarning ölimi yuzasidan tekşiruv boşladi. 

6. Apparat atom suvosti kemasi bölişi mumkin 

RBK manbasining ma'lumotiga köra, u suvosti ilmiy-tadqiqot apparati emas, balki «Loşarik» nomi bilan maşhur öta maxfiy atom suvosti kemasidir.

U «Loşarik» nomini 1971 yildagi sovet multfilmi qahramoni bölmiş şişiriladigan şarlardan yasalgan toyçoqdan olgan. AS-12 atom suvosti kemasi bir-biri bilan boğlangan bir qança titan sferalardan iborat.

AS-12 kemasining texnik ma'lumotlari maxfiylaştirilgan. Taxminlarga köra, uning uzunligi 70 metrni, eni esa 7 metrni, töla suv siğimi 2 ming tonnani taşkil qiladi. Kema 6 ming metr çuqurlikkaça tuşadi va suv ostida 30 uzel tezlikda harakatlanadi.