Rossiya Harbiy Dengiz Flotining (HDF) 14 nafar suvosti dengizçilari suvosti ilmiy-tadqiqot apparatida yuz bergan yonğin natijasida halok bölişdi, deb xabar beradi Rossiya Mudofaa Vazirligi.
«1 iyul kuni Rossiyaga tegişli suv hududlarida HDF manfaatlari uçun Dunyo okeani tubini örganuvçi suvosti ilmiy-tadqiqot apparatida yonğin yuz berdi. Natijada 14 nafar dengizçi yonuvçi materiallar tutunidan zaharlanib, halok böldi. Hozirgi vaqtda yonğin barataraf qilindi. Voqea sabablari örganilmoqda. Suriştiruvni şaxsan HDF boş qömondoni ötkazmoqda», - deyiladi bayonotda.
HDF ma'lumotiga köra, ayni paytda suvosti ilmiy-tadqiqot apparati Severomorsk şahridagi harbiy-dengiz bazasida saqlanmoqda.













