Meksikalik qiliçboz Lara Pliyego Paola Özbekiston fuqaroligini oldi va endilikda xalqaro musobaqalarda Özbekiston nomidan qatnaşa boşlaydi. Bu haqda u Twitter mikroblogida ma'lum qilgan, deb xabar bermoqda Tribuna.uz
24 yoşli atlet bunday qarorga kelişini Meksika Olimpiya Qömitasidagi korrupsiya holati bilan izohlagan.
No hay peor despedida, que la que nunca planeaste hacer, pero recuerda que para empezar una nueva etapa tienes que cerrar otra, el final es de donde empezamos. pic.twitter.com/XH8q1oBiRr
— Paola Pliego (@PaolaPliego) July 3, 2019
Ayni paytga kelib, Xalqaro Qiliçbozlik Federatsiyasi rasmiy saytida Paola Özbekiston fuqarosi sifatida körsatilgan.
Tribuna.uz`ning mamlakat sportidan boxabar manbasi yaqinda bir murabbiy va uç nafar xorijlik sportçiga xalqaro musobaqalarda Özbekiston şarafini himoya qilişi uçun fuqarolik berilganini tasdiqladi.
Manbaga köra, Lara Pliyego Paola 2019 yilgi Jahon kubogida Özbekiston nomidan qatnaşadi.
Pliyego 2016 yilgi Rio Olimpiadasiga qadar xalqaro miqyosda qator yutuqlarga erişib kelgan, ammo Braziliya poytaxtiga jönab ketişiga uç kun qolganda doping bilan boğliq muammo tufayli olimpiya öyinlarida qatnaşa olmay qolgan.
Wikipedia ma'lumotiga köra, Mexikoda tuğilgan Pliyego 2013/14 mavsumini Xalqaro Qiliçbozlik Federatsiyasi (FIE)ning yoş sablyaçilar röyxatida 150 oçko bilan birinçi örinda yakunlagan, öşa mavsumda yoşlar örtasida jahon çempioni bölgan. Ya'ni Paola öz vaqtida sablya yönalişida ayollar örtasida jahonning birinçi raqamli yoş qiliçbozi edi.
2014/15 mavsumida Paola Pliyego Satellit turnirida kumuş medalni qölga kiritgan. 2015 yilgi Pan Amerika çempionatida bronza, jamoaviy bahslarda esa kumuş medal sohibasi bölgan.

















