Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Miloddan avvalgi I-II asrga taalluqli qadimiy tangalar to‘xtatib qolindi
Bojxona xodimlari madaniy ahamiyatga ega bo‘lgan qadimiy tangalarni bojxona chegarasi orqali noqonuniy olib o‘tilishiga chek qo‘yishdi.
Jumladan, Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi “Ayritom” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan fuqaro M.Sh. belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazildi. Natijada, ushbu shaxs deklaratsiyalamasdan va bojxona xodimiga ma'lum qilinmagan 8 dona qadimiy tangalarni olib o‘tayotganligi aniqlandi.
Ekspertiza xulosalariga asosan, ashyoviy dalil sifatida olingan 2 dona tanga miloddan avvalgi I-II asrlarda buyuk Evkratid I davrida Yunon-Baqtriya podsholigi davrida, 2 dona tanga Milodiy I-II asrlarda Kushon podsholigi davrida va yana 2 donasi 70-80 yil muqaddam AQShda zarb qilingani hamda 2 dona tanga arab yozuvlari bitilgan XIX asrga oid ekanligi ma'lum bo‘lib, ularning umumiy qiymati 63,5 million so‘mni tashkil qildi.
Yuqorida ashyoviy dalil sifatida olingan tangalar Surxondaryo viloyati Arxeologiya muzeyiga topshirildi.
Hozirda ushbu holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
22:32 / 07.07.2026
AQSh 100 yil ichida birinchi marta dumaloq bo‘lmagan tanga chiqaradi
10:00 / 01.07.2026
Andijonda do‘ppisi ichiga 35 ming dollar yashirgan yo‘lovchi ushlandi
21:34 / 13.06.2026
Andijonda oltinlarni turli nayranglar orqali olib kirishga uringan shaxslar to‘xtatib qolindi
09:50 / 12.06.2026