Kökrak bezi saratoni – kökrakda hosil böluvçi epitelial ösimta hisoblanadi. U ayollar orasida eng keng tarqalgan onkologik kasallik turidir. Kökrak bezi saratoni bilan kasallaniş xavfi juda yuqori bölib, statistik ma'lumotlarga köra kökrak bezi saratoni bilan har sakkizinçi ayol oğriydi. Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti bergan ma'lumotlarga köra, har yili 800 mingdan 1 milliongaça kökrak bezi saratoni bilan oğrigan bemorlar qayd etiladi.
Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligi bergan ma'lumotga köra, respublikada eng keng tarqalgan saraton turi bu – kökrak bezi saratonidir. Vazirlik bergan ma'lumotga qaraganda, Özbekistonda kökrak bezi saratoni har 100 ming kişidan 9,1 nafariga töğri keladi.
Uşbu kasallikni erta aniqlaş, rivojlanişiga yöl qöymaslik va davolaş maqsadida Himedi.com konsultatsiya markazi tomonida uşbu soha böyiça Koreyadan St.Mary’s şifoxonasi mutaxassisi Taekyung Yu Toşkentga taklif qilindi. Şifokor Yu xonim «Özbekiston» telekanalining «Özingni angla» körsatuvida ham iştirok etib, kökrak bezi saratoni haqida ma'lumot berib ötdi.
Quyida siz körsatuvning uşbu sonini takroran körişingiz mumkin:
Şuningdek, koreyalik mutaxascis Himedi.com konsultatsiya markazida ham bölib, u yerda kökrak bezi saratoni muolajasi böyiça xayriya konsultatsiyasini ötadi.
Profesorning sözlariga köra, kökrak bezi saratoni, afsuski, aksariyat hollarda keç aniqlanadi, çunki uning belgilariga yetarliça ahamiyat berilmaydi, aynan şunisi bilan ham u xavflidir va quyidagilar kasallikning eng köp tarqalgan belgilari xisoblanadi:
1. Ajralmalar. Kökrak uçida oğriqlar bölişi, undan ajralmalar çiqişi (kökrak sutidan taşqari) kökrak bezi saratonining belgilari bölişi mumkin.
2. Teri tarkibining özgarişi. Mutaxassislarning sözlariga köra, saratonning bu turiga yöliqqan ayollarning kökrak sohasidagi terisi apelsin pöstloğiga öxşab ketadi.
3. Ölçam. Kökrak ölçamlarining sezilarli darajada özgarişi ham kasallikning muhim belgilaridan hisoblanadi.
4. Kökrak uçi sohasi çökişi.
5. Doimiy oğriq. Oğriqni qoldiruvçi va antibiotik dori vositalari ta'sir qilmasligi holatlari ham kasallikning belgisi bölişi mumkin.
Şuningdek, professor kasallikning sabablari va xavf omillari haqida ham aytib ötdi, bular:
- Jinsiy yaqinlikning muntazam emasligi;
- 35-40 yoşdan keyin farzand köriş;
- Tuğruqning mavjud emasligi;
- Bolani kökrak suti bilan emizişni xohlamaslik;
- Abortlar;
- Ortiqça vazn, doimiy stresslar, çekiş;
- Kökrakka UB- nurlari ta'siri.
Bu omillar ayolning albatta kökrak bezi saratoniga çalinişiini anglatmaydi, lekin xavf ham albatta mavjud.
Yu xonim kasallikni erta bosqiçda aniqlaş uni muvaffaqiyatli davolaşda muhim rol öynaşini ta'kidladi. Bunda kökrak bezi saratoni 5 bosqiçda bölişini va quyidagiçaligini keltirib ötdi.
0-bosqiç. Anormal hujayralar kökrak töqimasida mavjud bölib uşbu holat onkologik kasallik sifatida körilmaydi, ammo kasallik rivojlanişining xavfi mavjud.
1-bosqiç. Bezda 2 sm-dan oşmaydigan kiçik şiş hosil bölişi. Metastazalar bölmaydi.
2-bosqiç. Ösimta hajmi 5 sm gaça kattalaşadi, qöltiq osti limfa tugunlarida metastazalar paydo bölişi mumkin. Kökrak bezidan suyuqlik ajralişi yoki kökrakning teri tarkibi özgarişidan ham kasallikni seziş mumkin.
3-bosqiç. Ösimta hajmi har qanday ölçamda bölişi mumkin. U kökrak terisiga ösib çiqadi va qöltiq ostiga hamda kökrak qafasiga metastaza beradi.
4-bosqiç. Ösimta alohida organlar va töqimalarga metastaza beradi. Uşbu bemorlarning yaşaş darajasi juda kam bölib, 15 foizni taşkil etadi.
Professorning sözlariga köra, 35 yoşdan ötgan ayollar yiliga bir marta tibbiy körikdan ötişlari kifoya qiladi.
Ultratölqinli tekşiruv va mammografiya standart teşiruv usullariga kirişini ta'kidladi.
Şuningdek uktografiya, stereotaktik biopsiya, aspiratsion biopsiya, trukat-biopsiya kabi maxsus tekşiruv usullarini ham tavsiya etdi.
Koreyalik mutaxassisning sözlariga köra, zamonaviy mammologiyada davolanişning samarali usullari bir neçta bölib ular jarrohlik usuli, nurli terapiya va boşqalardan iborat.
1. Jarrohlik muolajasi ikki xil bölişi mumkin – lampektomiya (kökrak bezini qisman olib taşlaş) va mastektomiya (kökrak bezini töliq olib taşlaş).
2. Nur bilan davolaş – quyidagi holatlarda qöllaniladi:
- operatsiyadan keyin kökrak bezi saratoni rivojlanişi profilaktikasi sifatida;
- olib taşlaş imkoni bölmagan ösimtalarni simptomatik davolaş uçun;
- joylaşuvi uzoq bölgan metastazalarni simptomatik davolaşda, asoratlar (oğriq, boş miya va orqa miya siqişlari) bölganda.
3. Kimyoterapiya muolajasi, gormonli va maqsadli muolajalar (Batafsil ma'lumot yuqoridagi videolavhada).
Koreyadagi St.Mary’s klinikasidan Kökrak bezi saratonini davolaş bilan boğliq bölgan batafsil ma'lumotni Toşkent şahridagi Himedi.com maslahat markazi orqali olişingiz mumkin.
Bundan taşqari, Himedi.com Maslahat markazi quyidagi kasallik turlari böyiça ham öz konsultatsiyalarini taklif qiladi.
- Saraton va onkologik kasalliklar;
- Neyrojarrohlik;
- Kardiojarrohlik;
- Travmatologiya va ortopediya;
- Ekstra-korporal(sun'iy) uruğlantiriş (EKU);
- Plastik jarrohlik;
- Koreya xalq an'anaviy tibbiyoti;
- Umurtqa poğonasi, böyin va boş miya kasalliklari;
- Gepatologiya;
- Oftalmologiya;
- Lor;
- Endokrinologiya;
- Reabilitologiya.
Himedi.com maslahat markazi yuqorida sanab ötilgan yönalişlar böyiça ham Koreyaning Samsung Tibbiyot Markazi, Yonsei Severance Klinikasi, Jaseng klinikasi, Asan Tibbiyot Markazi, JK Plastik jarrohlik markazi kabi yetakçi klinikalari bilan hamkorlikda işlaydi.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi