Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Yer osti boyliklaridan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan xavfli ishlab chiqarish obektlarini tugatish va konservatsiyalash ishlarini olib borish tartibi to‘g‘risidagi”gi hujjat loyihasi joylashtirildi.

Yer osti boyliklaridan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan xavfli ishlab chiqarish obektlarini tugatish va konservatsiyalash ishlarini olib borish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga ko‘ra, u sanoat xavfsizligi, tabiatni muhofaza qilish sohasida Davlat nazoratini amalga oshiruvchi organlar va idoralar ishida hamda yer osti boyliklaridan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan xavfli ishlab chiqarish obektlarini tugatish va konservatsiyalashda tog‘-kon korxonalarini loyihalashni, mineral xomashyo va uglevodorodlarni qazib oluvchi va qayta ishlashni amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar nazoratini amalga oshiruvchi idoralar ishida foydalanishlariga mo‘ljallangan.

Yer osti boyliklaridan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan xavfli ishlab chiqarish obektlari va yer osti inshootlari quyidagi hollarda tugatilishi va konservatsiyalanishi mumkin:

yer qa'ridan foydalanishning belgilangan muddati tugaganda;

yer qa'ri uchastkalaridan foydalanish huquqi to‘xtaganda;

foydali qazilmalarning iqtisodiy daromadli zaxiralari to‘liq ishlatilib bo‘linganda;

foydali qazilmalarni qazib olish bilan bog‘liq bo‘lgan yer osti inshootlarini, oldini olishning texnik jihatdan imkoni bo‘lmagan yoki iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo‘lmagan suv bosishi yoki buzilishi xavfi paydo bo‘lganda;

foydali qazilmalarni qazib olish bilan bog‘liq bo‘lgan yer osti inshootlaridan foydalanish zarurati yo‘qolganda.

Tog‘-kon korxonalarining tugatilishi:

respublika bo‘ysunuvidagi korxonalarga nisbatan – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ruxsati bilan;

mahalliy bo‘ysunuvidagi korxonalarga nisbatan – joylardagi tegishli davlat hokimligi organlarining ruxsatlari bilan amalga oshiriladi.

Tog‘-kon korxonasi yoki uning uchastkasini tugatilishi va konservatsiyalanishi O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi bilan yer qa'rini muhofaza qilishni ta'minlash bo‘yicha va O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi bilan sanoat xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, shuningdek boshqa manfaatdor organlar va muassasalar bilan belgilangan tartibda kelishilgan maxsus loyihalarga ko‘ra amalga oshiriladi. Yer qa'ridan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan xavfli ishlab chiqarish obektlarini tugatish va konservatsiyalash loyihasi tarkibida: