Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 4 maydagi 336-son qarori bilan tasdiqlangan Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boşqaruvi akademiyasi qoşidagi Yoşlar muammolarini örganiş va istiqbolli kadrlarni tayyorlaş institutiga tinglovçilarni öqişga qabul qiliş tartibi töğrisidagi nizomga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi. 

Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 4 maydagi 336-son qarori bilan tasdiqlangan Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boşqaruvi akademiyasi qoşidagi Yoşlar muammolarini örganiş va istiqbolli kadrlarni tayyorlaş institutiga tinglovçilarni öqişga qabul qiliş tartibi töğrisidagi nizomga kiritilişi rejalaştirilayotgan özgartiriş va qöşimçalar:

13-band quyidagi mazmundagi xatboşi bilan töldiriladi:

“Institutga öqişga tavsiya etişda nomzodlarning öziga va ularning hujjatlariga nisbatan qöyilgan talablarga qat'iy rioya etiş, hujjatlarning haqqoniyligi va töğriligi böyiça mas'uliyat tavsiya etayotgan taşkilot rahbarlari va Yoşlar ittifoqining Hududiy Kengaşlari raislari zimmasiga yuklanadi.”.

19-band quyidagi tahrirda bayon etiladi:

“19. Test sinovi savollari Özbekiston tarixi, iqtisodiyot nazariyasi va huquqşunoslik fanlaridan Davlat test markazi tomonidan belgilangan talablar asosida Institut tomonidan tuziladi.

Har bir fan böyiça 20 tadan savol tuziladi. Bunda, Özbekiston tarixi fanidan 1,5 ball, iqtisodiyot nazariyasi fanidan 1,6 ball va huquqşunoslik fanidan 1,4 ballardan har bir savolning töğri javobi uçun belgilanadi.

Test sinovi uçun 90 daqiqa vaqt ajratiladi.

Test sinovi natijalari böyiça 49,5 (55 foiz) ball va undan yuqori ball olgan nomzodlar suhbatdan ötişga tavsiya etiladi.

Test sinovidan ötganlar soni kvota böyiça ajratilgan tinglovçilar soniga teng yoki undan kam bölganda suhbat ötkazilmaydi.”.

23-bandda:

a) “Suhbatda eng yuqori ball — 60 ball etib belgilanadi.” sözlari “Suhbatda eng yuqori ball — 110 ball etib belgilanadi.” sözlari bilan almaştiriladi;

b) törtinçi xatboşi çiqarib taşlanadi.