Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida ““Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonuniga özgartiş va qöşimçalar kiritiş haqida”gi Qonun loyihasi e'lon qilindi. Hujjat bilan “Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi töğrisida”gi yangi tahrirdagi qonun loyihasi tasdiqlanişi mumkin.
3-moddaga köra, Vazirlar Mahkamasi – Özbekiston Respublikasi Hukumati ijro etuvçi hokimiyatning oliy organi hisoblanib, iqtisodiyot, ijtimoiy va ma'naviy sohalarning samarali faoliyat körsatişiga rahbarlik qilişni, Özbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis qarorlari, Özbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyişlari ijrosini ta'minlaydi. Vazirlar Mahkamasi kollegial organ bölib, Özbekiston Respublikasida ijro etuvçi hokimiyatning yagona tizimiga rahbarlik qiladi.
4-modda. Vazirlar Mahkamasi faoliyatining asosiy prinsiplari - Özbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi, inson va fuqaroning huquq va erkinliklarini ta'minlaş, kollegiallik, hokimiyat tarmoqlarining bölinişi va hamkorligi, şuningdek, oçiqlik va şaffoflik Vazirlar Mahkamasi faoliyatining asosiy prinsiplaridir.
5-modda. Vazirlar Mahkamasining tarkibi - Vazirlar Mahkamasi Özbekiston Respublikasi Boş vaziri, uning örinbosarlari, vazirlar, davlat qömitalari raislaridan iboratdir. Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi Raisi Vazirlar Mahkamasi tarkibiga öz lavozimi böyiça kiradi.
6-modda. Vazirlar Mahkamasini şakllantiriş tartibi - Boş vazir nomzodi Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunçilik palatasiga saylovda eng köp deputatlik örinlarini olgan siyosiy partiya yoki teng miqdordagi eng köp deputatlik örinlarini qölga kiritgan bir neça siyosiy partiya tomonidan taklif etiladi.
Özbekiston Respublikasi Prezidenti taqdim etilgan Boş vazir lavozimiga nomzodni körib çiqqanidan keyin ön kun muddat içida uni Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining körib çiqişi va tasdiqlaşi uçun taklif etadi.
Boş vazir lavozimiga nomzod Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisida uning nomzodi körib çiqilayotganda va tasdiqlanayotganda Vazirlar Mahkamasining yaqin muddatga va uzoq istiqbolga möljallangan harakat dasturini taqdim etadi.
Boş vazir nomzodi uning uçun tegişinça Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunçilik palatasi deputatlari va Senati a'zolari umumiy sonining yarmidan köpi tomonidan ovoz berilgan taqdirda tasdiqlangan hisoblanadi.
Mavzuga oid
Agar ovoz beriş vaqtida Boş vazir nomzodi Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunçilik palatasi yoki Senatida Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunçilik palatasi deputatlari yoki Senati a'zolari umumiy sonining köpçilik ovozini ololmasa, Özbekiston Respublikasi Prezidenti Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunçilik palatasidagi barça siyosiy partiyalar fraksiyalari bilan qöşimça maslahatlaşuvlar ötkazganidan söng Boş vazir lavozimiga nomzodni yana bir marta taqdim etiş huquqiga ega.
Vazirlar Mahkamasining a'zolari Boş vazirning Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunçilik palatasi ma'qullaganidan keyin kiritilgan taqdimiga binoan Özbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Vazirlar Mahkamasi a'zoligiga nomzod u Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasining mas'ul qömitasi, siyosiy partiyalar fraksiyalari va deputatlar guruhlari tomonidan dastlabki tarzda körib çiqilganidan keyin Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasining majlisida körib çiqiladi va ma'qullanadi.
Vazirlar Mahkamasi a'zosining lavozimiga nomzod uning nomzodi Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunçilik palatasida körib çiqilayotganda va ma'qullanayotganda Vazirlar Mahkamasining harakatlar dasturi bilan özaro boğliq bölgan, istiqbolga möljallangan maqsadli körsatkiçlar va vazifalarga erişiş borasidagi huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy, taşkiliy-texnik çora-tadbirlarni nazarda tutuvçi harakatlar rejasini taqdim etadi.
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunçilik palatasi Vazirlar Mahkamasi a'zoligiga nomzodni rad etgan taqdirda, Boş vazir körib çiqiş va ma'qullaş uçun yangi nomzodni kiritadi.
Vazirlar Mahkamasining a'zosi Özbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanganidan keyin öz vazifalarini bajarişga kirişadi.
Boş vazir va Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunçilik palatasi örtasida ziddiyatlar doimiy tus olgan holda Qonunçilik palatasi deputatlari umumiy sonining kamida uçdan bir qismi tomonidan Özbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga rasman kiritilgan taklif böyiça Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qöşma majlisi muhokamasiga Boş vazirga nisbatan işonçsizlik votumi bildiriş haqidagi masala kiritiladi.
Boş vazirga nisbatan işonçsizlik votumi tegişinça Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunçilik palatasi deputatlari va Senati a'zolari umumiy sonining kamida uçdan ikki qismi ovoz bergan taqdirda qabul qilingan hisoblanadi. Bunday holatda Özbekiston Respublikasi Prezidenti Boş vazirni lavozimidan ozod etiş töğrisida qaror qabul qiladi. Bunda Vazirlar Mahkamasining butun tarkibi Boş vazir bilan birga iste'foga çiqadi.
Yangi Boş vazir nomzodi Özbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunçilik palatasidagi barça siyosiy partiyalar fraksiyalari bilan tegişli maslahatlaşuvlar ötkazilganidan söng Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalariga körib çiqiş va tasdiqlaşga taqdim qiliş uçun taklif etiladi.
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan Boş vazir lavozimiga nomzod ikki marta rad etilgan taqdirda Özbekiston Respublikasi Prezidenti Boş vazir vazifasini bajaruvçini tayinlaydi va Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisini tarqatib yuboradi.
Amaldagi Vazirlar Mahkamasi yangi saylangan Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi oldida öz vakolatlarini zimmasidan soqit qiladi, biroq Vazirlar Mahkamasining yangi tarkibi şakllantirilguniga qadar mamlakat Prezidentining qaroriga muvofiq öz faoliyatini davom ettirib turadi.
Vazirlar Mahkamasining vakolatlarini zimmasidan soqit qiliş yangi şakllantirilgan Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining birinçi majlisi ötkazilgan kunda Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalariga Boş vazir tomonidan yozma murojaat beriş orqali amalga oşiriladi.
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari özlarining majlislarida Vazirlar Mahkamasining öz vakolatlarini zimmasidan soqit qilişi töğrisidagi tegişli qarorlarni qabul qiladi.
7-modda. Boş vazirni lavozimidan ozod etiş - Boş vazir Özbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan quyidagi hollarda lavozimidan ozod etiladi:
Boş vazirning iste'foga çiqiş töğrisidagi arizasiga binoan;
Boş vazir öz vakolatlarini bajarişi mumkin bölmay qolgan taqdirda;
Vazirlar Mahkamasi tarkibida uning normal faoliyatiga tahdid soluvçi hal qilib bölmaydigan ixtiloflar yuz berganda, şuningdek, Vazirlar Mahkamasi bir neça marta Özbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, qonunlariga, Özbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyişlariga zid qarorlar qabul qilgan taqdirda;
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunçilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalarining Özbekiston Respublikasi Prezidenti körib çiqişi uçun taqdim etgan taşabbusiga binoan. Agar zarur asoslarga ega bölgan bunday taşabbusni Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunçilik palatasidagi siyosiy partiyalar yetakçi fraksiyalari qöllab-quvvatlasa hamda mazkur taşabbus Özbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunçilik palatasi va Senatida ovozga qöyilganda tegişinça Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunçilik palatasi deputatlari va Senati a'zolari umumiy soni uçdan ikki qismidan köproğining ovozini olsa, Özbekiston Respublikasi Prezidenti Boş vazirni lavozimidan ozod etiş töğrisida qaror qabul qiladi;
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari tomonidan qabul qilingan Boş vazirga nisbatan işonçsizlik votumi bildirilgan taqdirda.
Boş vazirning lavozimidan ozod etilişi bir vaqtning özida Özbekiston Respublikasi Hukumatining iste'foga çiqişiga sabab böladi.
8-modda. Vazirlar Mahkamasining umumiy vakolatlari - Vazirlar Mahkamasi:
samarali iqtisodiy, ijtimoiy, moliyaviy, pul-kredit siyosati yuritilişi, fan, madaniyat, ta'lim, soğliqni saqlaşni hamda iqtisodiyotning va ijtimoiy sohaning boşqa tarmoqlarini rivojlantiriş böyiça dasturlar işlab çiqilişi va amalga oşirilişi uçun javobgar böladi;
fuqarolarning iqtisodiy, ijtimoiy va boşqa huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qiliş böyiça çora-tadbirlarni amalga oşiradi;
vazirliklar, davlat qömitalari va boşqa davlat boşqaruvi organlari işini muvofiqlaştiradi va yönaltiradi, ularning faoliyati ustidan qonunda belgilangan tartibda nazoratni ta'minlaydi;
Özbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis qarorlari, Özbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyişlari ijrosini ta'minlaydi;
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga har yili mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining eng muhim masalalari yuzasidan ma'ruzalar taqdim etadi;
davlat boşqaruvi tuzilmasini takomillaştiriş töğrisida, vazirliklar, davlat qömitalari, idoralar va boşqa davlat boşqaruvi organlarini tuziş, qayta taşkil etiş hamda tugatiş haqida takliflar işlab çiqadi;
davlat boşqaruvi tizimiga strategik rejalaştirişning zamonaviy şakllarini joriy etişni ta'minlaydi;
mamlakatni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirişning eng muhim va ustuvor yönalişlari böyiça yaqin, örta va uzoq muddatli istiqbolga möljallangan strategiyalar, konsepsiyalar, dasturlar va “yöl xaritalari”ni amalga oşiriş çoralarini köradi.
Vazirlar Mahkamasi Özbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida, uşbu Qonunda va boşqa qonunlarda nazarda tutilgan boşqa vakolatlarni amalga oşiradi.
9-modda. Vazirlar Mahkamasining iqtisodiyot sohasidagi vakolatlari - Vazirlar Mahkamasi iqtisodiyot sohasida:
iqtisodiyot sohasida yagona davlat siyosati amalga oşirilişini va industrial siyosat olib borilişini ta'minlaydi;
barqaror iqtisodiy ösiş, makroiqtisodiy mutanosiblik, iqtisodiyotni isloh etiş va tarkibiy özgartirişlar, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoşligini oşiriş va diversifikatsiya qilişni ta'minlaş çoralarini köradi;
iqtisodiyotni boşqarişning bozor mexanizmlarini joriy etişni va iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarini rivojlantiriş strategiyalarini şakllantirişni ta'minlaydi;
sanoatni modernizatsiya va diversifikatsiya qiliş, yuqori texnologiyali qayta işlaş tarmoqlarini jadal rivojlantiriş, innovatsion işlanmalarni va energiya tejaydigan texnologiyalarni işlab çiqarişga keng joriy etiş, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanişni kengaytiriş, şuningdek, atom energetikasini rivojlantirişni ta'minlaydi;
iqtisodiyot tarmoqlarini strategik rivojlantiriş davlat dasturlarini, davlat rivojlantiriş dasturlarini işlab çiqadi va amalga oşirişni ta'minlaydi;
turizm industriyasini rivojlantiriş va turizm infratuzilmasini kengaytiriş uçun şaroitlar yaratadi;
erkin iqtisodiy zonalar, texnoparklar, kiçik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlaştiradi va monitoring qiladi, ularning faoliyati samaradorligini oşiriş çoralarini köradi;
davlat boşqaruvi usullarini, şu jumladan elektron hukumat prinsiplari asosida takomillaştiradi, bozor prinsiplariga asoslangan xöjalik boşqaruvi va korporativ boşqaruvning zamonaviy prinsiplari va usullari joriy etilişini rağbatlantiradi;
qişloq xöjaligini boşqariş tizimini takomillaştiriş, agrar sektorini modernizatsiya qiliş va jadal rivojlantiriş, oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlaş, zamonaviy resurs tejovçi va intensiv agrotexnologiyalarni joriy etiş, yer resurslari sifatini saqlaş va yaxşilaş hamda suv resurslaridan oqilona foydalaniş böyiça çoralar köradi;
urbanizatsiya jarayonlarini davlat tomonidan tartibga solişni va uy-joy sohasida davlat siyosatini amalga oşirişni, yer uçastkalariga nisbatan zamonaviy bozor mexanizmlarini joriy etişni ta'minlaydi;
erkin tadbirkorlikni rivojlantiriş, işbilarmonlik muhitini yaxşilaş, “xufiyona” iqtisodiyot uluşini qisqartiriş, iqtisodiy jarayonlarda davlat iştirokini qisqartiriş, şu jumladan litsenziyalaş va ruxsat beriş tartib-taomillarini soddalaştiriş va davlat-xususiy şeriklikni rivojlantiriş uçun şart-şaroitlar yaratadi;
tadbirkorlarning, şu jumladan, çet ellik investorlarning murojaatlari bilan işlaş, ular bilan oçiq va töğridan-töğri muloqotni ta'minlaşning samarali tizimini joriy etiş çoralarini köradi.
10-modda. Vazirlar Mahkamasining budjet, moliya, kredit va pul siyosatini amalga oşiriş sohasidagi vakolatlari - Vazirlar Mahkamasi budjet, moliya, kredit va pul siyosatini amalga oşiriş sohasida:
budjet, moliya, kredit va pul siyosati sohasida yagona davlat siyosatini amalga oşirişni ta'minlaydi;
Özbekiston Respublikasi Davlat budjeti va davlat maqsadli jamğarmalari budjetlari, soliq va budjet siyosatining asosiy yönalişlari respublikani iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantiriş prognozlarini hamda eng muhim dasturlarini inobatga olgan holda işlab çiqilişini va ijro etilişini taşkil etadi;
xarajatlarning ijtimoiy yönaltirilganini saqlab qolgan holda Özbekiston Respublikasi Davlat budjetining barça darajalarida mutanosiblikni ta'minlaş, mahalliy budjetlarning daromad qismini mustahkamlaş çoralarini köradi;
samarali fiskal siyosatni yuritadi, soliqqa tortiş tizimini soddalaştiriş hamda soliq ma'muriyatçiligi tizimining sifati va samara-dorligini oşiriş böyiça çora-tadbirlarni amalga oşiradi;
pul-kredit siyosatini takomillaştiriş, valuta siyosatini liberallaştiriş, valuta sohasini tartibga solişning bozor mexanizmlarini joriy qiliş, şuningdek, milliy valuta barqarorligini ta'minlaş çoralarini köradi;
bank tizimi barqarorligini ta'minlaydi, ularning moliyaviy barqarorligi va işonçliligini mustahkamlaş va suğurta, lizing va boşqa moliyaviy institutlarini rivojlantiriş böyiça çora-tadbirlarni amalga oşiradi.
11-modda. Vazirlar Mahkamasining ijtimoiy sohadagi vakolatlari - Vazirlar Mahkamasi ijtimoiy sohada:
ijtimoiy sohada yagona davlat siyosatini amalga oşirişni ta'minlaydi;
ta'lim tizimini rivojlantirişni, uning sifati va samaradorligini oşirişni ta'minlaydi, uzluksiz ta'limdan keng kölamda foydalaniş uçun şaroitlar yaratadi;
ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini rağbatlantiriş böyiça çora-tadbirlarni amalga oşiradi;
maktabgaça ta'lim tizimini takomillaştiriş, maktabgaça ta'lim muassasalari tarmoğini kengaytiriş va ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlaş böyiça çora-tadbirlarni amalga oşiradi;
soğliqni saqlaş tizimini rivojlantiriş, tibbiy yordam samaradorligi, sifati va hammabopligini oşiriş, aholi salomatligini saqlaş va mustahkamlaş, soğlom turmuş tarzi tamoyillarini joriy qiliş, şuningdek aholining sanitariya-epidemiologik osoyiştaligini ta'minlaş böyiça çora-tadbirlarni amalga oşiradi;
jismoniy tarbiya va sportni rivojlantiriş, sport muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlaş va sport infratuzilmasini takomillaştiriş böyiça çora-tadbirlarni amalga oşiradi;
iş örinlarini taşkil etiş va aholi bandligini ta'minlaş dasturlarini işlab çiqadi va amalga oşiradi, mehnat bozori infratuzilmasini rivojlantirişni, ijtimoiy himoya, fuqarolarning ijtimoiy va pensiya ta'minoti tizimlari faoliyat yuritişini ta'minlaydi;
oila, onalik va bolalikni himoyalaşga kömaklaşadi, yoşlarga oid davlat siyosatini amalga oşiriş böyiça çoralar köradi;
ijtimoiy yordam davlat dasturlarini işlab çiqiş va amalga oşirişni ta'minlaydi, fuqarolarning real daromadlarini oşiriş, aholining yaşaş şaroitlarini yaxşilaş hamda aholining ijtimoiy zaif qatlamlarini va nogironligi bölgan şaxslarni davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş çoralarini köradi.
12-modda. Vazirlar Mahkamasining madaniy-gumanitar sohadagi vakolatlari - Vazirlar Mahkamasi madaniy-gumanitar sohada:
madaniy-gumanitar sohada yagona davlat siyosatini amalga oşirişni ta'minlaydi;
ilmiy-texnikaviy va madaniy hamkorlik sohasida rahbarlikni amalga oşiradi;
madaniyatni, san'atni rivojlantirişga, madaniy qadriyatlardan keng kölamda foydalanişni ta'minlaşga, fuqarolarning ijtimoiy va madaniy hayotda töla huquqli tarzda iştirok etişiga kömaklaşadi;
teatr-tomoşa, madaniy-ma'rifiy taşkilotlar va muzeylarning faoliyatini rivojlantiriş va takomillaştiriş, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlaş böyiça çoralar köradi;
tarixiy va madaniy merosni muhofaza qiliş, davlat tilini rivojlantiriş va ijtimoiy hayotning barça sohalarida mamlakatning butun hududida amal qilişini ta'minlaydi;
xorijiy davlatlar va xalqaro taşkilotlar bilan madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytiriş va rivojlaniş çoralarini köradi.
13-modda. Vazirlar Mahkamasining hududlarni rivojlantiriş sohasidagi vakolatlari - Vazirlar Mahkamasi hududlarni rivojlantiriş sohasida:
hududlarning iqtisodiyotini modernizatsiya va diversifikatsiya qiliş, ularning sanoat va eksport potensialini oşiriş orqali hududlar, tuman va şaharlarni kompleks va mutanosib holda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirişni ta'minlaydi;
iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani strategik rivojlantiriş davlat dasturlarini, hududiy rivojlantiriş dasturlarini, şuningdek, hududlarda iqtisodiy, ijtimoiy va ma'muriy islohotlarni amalga oşiriş çoralarini köradi;
Qoraqalpoğiston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toşkent şahri şahar budjetining, tumanlar va şaharlar budjetlarining maqsadli ijrosini ta'minlaydi;
hududlarni, eng avvalo, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanişda orqada qolayotgan qişloq tumanlari va şaharlarni rivojlantirişning istiqbolli vazifalarini samarali hal etiş böyiça davlat boşqaruvi va mahalliy ijro etuvçi hokimiyat organlarining muvofiqlaştirilgan işini ta'minlaş çoralarini köradi;
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş tendensiyalarining kompleks tahlilini, şu jumladan hududlarni kompleks rivojlantiriş, iqtisodiyot tarmoqlari va sektorlarida bozor islohotlarini yanada çuqurlaştiriş, aholi bandligi va turmuş darajasini izçil oşiriş böyiça islohotlarni amalga oşiriş jarayonining monitoringini ötkazadi;
xorijiy investitsiyalarni jalb qiliş va hududlarning eksport salohiyatini oşiriş holatini örganiş, mamlakatni rivojlantirişning strategik maqsadlaridan va uning iqtisodiy xavfsizligidan kelib çiqib hududlarning investitsiyaviy jozibadorligini yanada yaxşilaş böyiça takliflar işlab çiqadi;
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş masalalari böyiça Özbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari, farmonlari, farmoyişlari va topşiriqlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyişlari, bayonnoma qarorlari va topşiriqlarining ijro etilişi holatini maqsadli örganişini amalga oşiradi;
hududlarning iqtisodiy barqarorligini ta'minlovçi eng muhim vazifalar, iqtisodiyotning aniq tarmoqlari va sohalaridagi islohotlarni yanada çuqurlaştiriş, hududlarning iqtisodiy körsatkiçlarini yaxşilaş böyiça takliflar işlab çiqadi.
14-modda. Vazirlar Mahkamasining ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş sohasidagi vakolatlari - Vazirlar Mahkamasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş sohasida:
atrof-muhitni muhofaza qiliş va ekologik xavfsizlikni ta'minlaş sohasida yagona davlat siyosatini amalga oşirişni ta'minlaydi;
fuqarolarning qulay atrof-muhitga bölgan huquqlarini amalga oşiriş, ekologik osoyiştalikni ta'minlaş çoralarini köradi;
tabiiy resurslarni muhofaza qiliş va ulardan oqilona foydalaniş va tabiatdan foydalanişni tartibga soliş faoliyatini taşkillaştiradi;
tabiatni muhofaza qiliş tadbirlarini ötkaziş hamda respublika va xalqaro ahamiyatga ega yirik ekologik dasturlarni amalga oşiriş böyiça çora-tadbirlarni amalga oşiradi;
yirik avariyalar va halokatlarning, şuningdek, tabiiy ofatlarning oldini oliş va ularning oqibatlarini bartaraf etiş çoralarini köradi.
15-modda. Vazirlar Mahkamasining taşqi siyosatni amalga oşiriş va xalqaro aloqalarni rivojlantiriş sohasidagi vakolatlari - Vazirlar Mahkamasi taşqi siyosatni amalga oşiriş va xalqaro aloqalarni rivojlantiriş sohasida:
Özbekiston Respublikasining taşqi siyosatini amalga oşirişni ta'minlaş, hukumatlararo aloqalarni rivojlantiriş va mustahkamlaş böyiça çora-tadbirlarni amalga oşiradi;
Özbekiston Respublikasining xorijiy davlatlar va xalqaro taşkilotlardagi vakilligini ta'minlaydi;
öz vakolati doirasida Özbekiston Respublikasining xalqaro şartnomalarini tuzadi, ÖzbekistonRespublikasining xalqaro şartnomalar böyiça majburiyatlari bajarilişini ta'minlaydi, şuningdek, uşbu şartnomalarning boşqa iştirokçilari tomonidan öz majburiyatlari bajarilişini kuzatib boradi;
Özbekistonning xorijdagi jismoniy va yuridik şaxslarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş, şuningdek, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantiriş böyiça çora-tadbirlar köradi;
Özbekiston Respublikasi va xorijiy davlatlar örtasidagi ikki tomonlama hamkorlik böyiça hukumatlararo komissiyalar faoliyatini taşkil etişni ta'minlaydi.
16-modda. Vazirlar Mahkamasining investitsiyalar va taşqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi vakolatlari - Vazirlar Mahkamasi investitsiyalar va taşqi iqtisodiy faoliyat sohasida:
yagona davlat investitsion siyosatini amalga oşiriş, xorijiy investitsiyalarni jalb qilişni muvofiqlaştirişni ta'minlaydi;
qulay investitsiya iqlimini yaratiş va xorijiy investitsiyalarni jalb etiş böyiça çora-tadbirlarni amalga oşiradi;
samarali bojxona-tarif siyosatini olib boradi, eksportyorlarni har tomonlama qöllab-quvvatlaydi, mahalliy tovarlar va xizmatlarning taşqi bozorlarga çiqişi uçun qulay şart-şaroitlarni yaratadi, zamonaviy logistika infratuzilmasini rivojlantiriş böyiça çora-tadbirlarni amalga oşiradi;
taşqi iqtisodiy faoliyat sohasida rahbarlikni amalga oşiradi, uni rivojlantirişning strategik yönalişlarini belgilaydi;
Özbekistonning savdo, iqtisodiy, texnologik, transport va boşqa aloqalarini kengaytiriş, milliy iqtisodiyotning barqarorligini mustahkamlaş va iqtisodiy xavfsizlikni ta'minlaş çoralarini köradi;
öz vakolatlari doirasida xalqaro iqtisodiy taşkilotlar, moliya institutlari va boşqa köp tomonlama savdo-iqtisodiy tizimlar doirasida hamkorlikni rivojlantiradi hamda ularda Özbekistonning milliy manfaatlarini ilgari suradi;
taşqi savdo va xalqaro iqtisodiy hamkorlik sohasida yagona davlat siyosatini amalga oşirişni ta'minlaydi;
oliy va yuqori darajadagi taşriflar yakunlari böyiça investitsion loyihalar va amaliy tadbirlar rejalari (“yöl xaritalari”)ni sifatli amalga oşirişni ta'minlaydi;
Özbekiston Respublikasining tölov balansini işlab çiqadi;
çet eldan olinadigan kreditlar uçun ÖzbekistonRespublikasi Hukumatining kafolatlarini beradi;
Özbekiston Respublikasining çet eldagi mulkiga egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi.
17-modda. Vazirlar Mahkamasining axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş sohasidagi vakolatlari - Vazirlar Mahkamasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş sohasida:
axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş sohasida yagona davlat siyosatini amalga oşirişni ta'minlaydi;
axborot jamiyatini şakllantiriş, raqamli iqtisodiyotni rivojlantiriş, “Elektron hukumat” tizimini joriy qilişni ta'minlaş, aholi, biznes va davlat örtasida samarali özaro hamkorlikni yölga qöyiş uçun zarur şaroitlarni yaratadi;
elektron davlat xizmatlari va telekommunikatsiya xizmatlari spektrini kengaytiriş, telekommunikatsiya infratuzilmasini modernizatsiya qiliş çoralarini köradi;
axborot xavfsizligi va axborot muhofazasini ta'minlaş, tarmoqlar, dasturiy mahsulotlar, axborot tizimlari va manbalari muhofazasining zamonaviy texnologiyalarini joriy qiliş çoralarini köradi.
18-modda. Vazirlar Mahkamasining jamoat tartibini saqlaş, davlat xavfsizligi va mudofaa qobiliyatini ta'minlaş sohasidagi vakolatlari - Vazirlar Mahkamasi jamoat tartibini saqlaş, davlat xavfsizligini va mudofaa qobiliyatini ta'minlaş sohasida:
Özbekiston Respublikasining davlat xavfsizligini va mudofaa qobiliyatini ta'minlaş, davlat çegaralarini qöriqlaş, davlat manfaatlarini himoya qiliş, jamoat tartibini saqlaş çora-tadbirlarini amalga oşirişga kömaklaşadi;
huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir davlat dasturlarini işlab çiqiş, tasdiqlaş va amalga oşirişni ta'minlaydi;
huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oşiruvçi va unda iştirok etuvçi davlat organlari va boşqa taşkilotlarning özaro hamkorligini ta'minlaydi;
davlat harbiy taşkilotining mudofaa vazifalarini hal etiş uçun zarur moliyaviy, moddiy va boşqa resurslarga bölgan talab-ehtiyojlarini har tomonlama ta'minlaş, mudofaa manfaatlarini közlab mamlakat hududini tezkorlik bilan jihozlaş masalalarini hal etadi;
Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuçlarining qurol-yaroğ, harbiy texnika va boşqa moddiy-texnika vositalari bilan jihozlanişi hamda ta'minlanişini taşkil etadi;
davlat harbiy buyurtmalarini şakllantiriş va mudofaa ahamiyatiga molik işlab çiqarişlarni taşkil etiş sohasida yagona davlat siyosati amalga oşirilişini ta'minlaydi;
xorijiy davlatlar bilan harbiy va harbiy-texnikaviy hamkorlikni kengaytiriş çoralarini köradi;
mamlakat iqtisodiyotining safarbarlik tayyorgarligini taşkil etadi, fuqaro muhofazasiga rahbarlikni amalga oşiradi.
19-modda. Vazirliklar, davlat qömitalari va boşqa davlat boşqaruvi organlariga rahbarlik qiliş
Vazirlar Mahkamasi vazirliklar, davlat qömitalari va boşqa davlat boşqaruvi organlari işini muvofiqlaştirib hamda yönaltirib boradi.
Vazirliklar, davlat qömitalari va boşqa davlat boşqaruvi organlari ular tomonidan olib borilayotgan davlat siyosatining samarali va sifatli amalga oşirilişi uçun Vazirlar Mahkamasi oldida javobgardir.
Vazirlar, davlat qömitalari raislari va boşqa davlat boşqaruvi organlari rahbarlari Vazirlar Mahkamasiga kiritilayotgan takliflar, tahliliy va boşqa hujjatlarning, şu jumladan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifatli va har tomonlama işlab çiqilişi, şuningdek, ularni amalga oşirişning pirovard natijalari va oqibatlari uçun şaxsan javobgar hisoblanadi.
Vazirliklar, davlat qömitalari va boşqa davlat boşqaruvi organlari töğrisidagi nizomlar, qoida tariqasida, Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Vazirliklar, davlat qömitalari, idoralar hamda Özbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan ta'minlanadigan boşqa davlat boşqaruvi organlarining markaziy devoni xodimlari sonini va ular ta'minotiga ajratiladigan mablağlar miqdori Özbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Vazirlar Mahkamasi vazirliklar, davlat qömitalari va boşqa davlat boşqaruvi organlarini tuziş hamda tugatiş töğrisida Özbekiston Respublikasi Prezidentiga taqdimnomalar kiritadi.
Vazirliklar, davlat qömitalari va boşqa davlat boşqaruvi organlarini tuziş hamda tugatiş töğrisidagi taqdimnomalarni tayyorlaş va Özbekiston Respublikasi Prezidentiga kiritiş tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Vazirlarning va davlat qömitalari raislarining örinbosarlari Özbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi. Boşqa davlat boşqaruvi organlarining rahbarlari va ularning örinbosarlari, agar qonun hujjatlarida boşqaça qoida nazarda tutilmagan bölsa, Özbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Davlat boşqaruvi organlari hay'atlarining a'zolari Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Vazirlar Mahkamasi vazirliklar, davlat qömitalari va boşqa davlat boşqaruvi organlari faoliyati samaradorligini hamda maqsadli vazifalarga erişişlarini baholaşning asosiy mezonlarini hisobga olgan holda maqsadli vazifalarga erişilişini ta'minlaydi.
Vazirlar Mahkamasi tizimli ravişda vazirliklar, davlat qömitalari va boşqa davlat boşqaruvi organlari rahbarlarining asosiy mezonlarda belgilangan maqsadli vazifalar bajarilişi va erişilganligi yuzasidan hisobotlarini tinglaydi.
Vazirlar Mahkamasi zarurat bölganda öz vakolatiga kiruvçi davlat boşqaruvining ayrim masalalarini hal etişni, agar bu masalalarning hal etilişi qonun hujjatlarida Özbekiston Respublikasi Hukumatining mutlaq vakolatlariga kiritilgan bölmasa, vazirliklar, davlat qömitalari va öz böysunuvidagi davlat boşqaruvi boşqa organlariga berişi mumkin.
20-modda. Vazirlar Mahkamasining qonunçilik taşabbusi huquqi
Vazirlar Mahkamasi qonunçilik taşabbusi huquqiga ega.
Vazirlar Mahkamasining qonunçilik taşabbusi huquqi qonun loyihalarini Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasiga kiritiş orqali amalga oşiriladi.
Vazirlar Mahkamasi qonun loyihasini Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasida körib çiqişda iştirok etiş uçun öz vakilini tayinlaydi.
21-modda. Boş vazir
Vazirlar Mahkamasi faoliyatini taşkil etadi va unga rahbarlik qiladi, uning samarali işlaşi uçun şaxsan javobgar böladi;
Özbekiston Respublikasi Hukumati oldiga qöyilgan maqsadli vazifalarga erişişni ta'minlaş maqsadida vazirliklar, davlat qömitalari va boşqa davlat boşqaruvi organlari faoliyatini umumiy muvofiqlaştiradi, yuzaga kelgan kelişmovçiliklar böyiça kelişilgan qarorlar qabul qiladi;
Vazirlar Mahkamasining majlislarida raislik qiladi, uning qarorlarini imzolaydi;
xalqaro munosabatlarda Vazirlar Mahkamasi nomidan iş köradi, muzokaralar olib boradi va Özbekiston Respublikasi Hukumati nomidan xalqaro şartnomalarni imzolaydi;
Özbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelişilgan holda Boş vazirning örinbosarlari örtasida vazifalarni taqsimlaydi;
davlat va xöjalik boşqaruvining Vazirlar Mahkamasi majlisida körib çiqiş talab etilmaydigan masalalari böyiça qarorlar qabul qiladi;
Özbekiston Respublikasi Prezidentiga viloyatlar va Toşkent şahar hokimlarini lavozimiga tayinlaş hamda lavozimidan ozod etiş töğrisida taqdimnoma kiritadi;
Vazirlar Mahkamasining ötgan yildagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlaniş yakunlari va navbatdagi yil uçun asosiy ustuvorliklar töğrisidagi har yilgi ma'ruzasini Oliy Majlisi palatalariga taqdim etadi;
Özbekiston Respublikasi Hukumati a'zolari bilan birgalikda har çorakda Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga Özbekiston Respublikasi Prezidentining Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasidan kelib çiqadigan, tegişli yilga möljallangan davlat dasturi bajarilişining borişi töğrisida hisobot taqdim etadi;
Vazirlar Mahkamasi a'zoligiga nomzodlarni Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasida ma'qullangandan keyin Özbekiston Respublikasi Prezidentiga taqdim etadi;
Özbekiston Respublikasi qonunlarida nazarda tutilgan boşqa vazifalarni bajaradi.
Boş vazir öz vakolatlariga kiruvçi masalalar yuzasidan farmoyişlar çiqaradi.
Boş vazir Vazirlar Mahkamasining işi töğrisida Özbekiston Respublikasi Prezidentiga muntazam ravişda axborot berib boradi.
Boş vazir yöqligida uning vazifasini Boş vazirning birinçi örinbosari yoki Boş vazir örinbosarlaridan biri bajaradi.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi