5 iyul kuni internetda Samarqandda tibbiy niqob kiygan öspirin yigit bekatda tramvayga yugurib kirib, yölovçilarning yuziga noma'lum suyuqlikni sepib, qoçib ketdi, degan mazmunda xabar tarqaldi. Xabarlarda yuzlariga uşbu suyuqlik tekkan yigitlar şu zahoti huşini yöqotgani, qolgan yölovçilar esa, vahimaga tuşib, tramvaydan yugurib tuşib ketgani aytilgandi.
Samarqand şahar içki işlar boşqarmasi ma'lumotiga köra, voqea 2019 yil 4 iyul kuni bölib ötgan. Soat 19:40 atrofida Samarqand şahridagi 1-tramvay yönalişining çoy fabrikasi bekatida 2003 yilda tuğilgan, Samarqand şahridagi 33-umumta'lim maktabi 8-sinf öquvçisi D.T. yölovçilarning yuziga noma'lum suyuqlik sepgan. Yölovçilar orasida bölgan uning oldindan kelişgan şeriklari esa atayin özini huşini yöqotganlikka solgan. Tramvaydagi boşqa yölovçilar voqeadan qörquvga tuşgan.
Olib borilgan tezkor suriştiruv işlari natijasiga köra, qolgan iştirokçilar ham maktab öquvçilari bölib çiqdi. Jumladan, Samarqand şahridagi 33-umumta'lim maktabi 11-sinf öquvçisi A.I, 7-sinf öquvçisi S.M. 42-umumta'lim maktabining 11-sinf öquvçisi T.Yu, 11-sinf öquvçisi A.I, 43-umumta'lim maktabining 9-sinf öquvçisi D.B, 8-sinf öquvçisi R.M.lar ekani aniqlangan. Öquvçilar mazkur voqeani tasvirga olib ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatgan.
Içki işlar organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş boşqarmasi tomonidan mazkur voqea yuzasidan suriştiruv işlari davom etmoqda. Viloyat xalq ta'limi voqea yuzasidan munosabat bildirdi. Unga köra, voqea yozgi ta'til davrida sodir bölgani uçun maktablar ma'muriyatiga çora körilmagan bölib bu davrda mas'uliyat ota-onalarning zimmasida hisoblanadi.












