Avvalroq madhiya sözlarini unutib qöygan AQŞ prezidenti Donald Tramp Mustaqillik kuni munosabati bilan sözlagan nutqi vaqtida çalkaşliklarga yöl qöydi. Gap şundaki, u mustaqillik uçun uruş vaqtida AQŞ armiyasi inglizlar aeroportlarini egallab olganini aytgan.
Biroq AQŞda mustaqillik uçun uruş 1700-yillar oxirida yuz bergan, vaholanki AQŞda ilk aviataşuvlar 1900-yillar boşidangina amalga oşirila boşlangan.
Bu Tramp nutqidagi yagona çalkaşlik bölmagan. Tvitterda CNN muxbiri Deniyel Deyl ma'lum qilganidek, Fort Mak-Genri uçun jang Tramp aytganidek inqilob uruşi vaqtida emas, 1812 yildagi uruş vaqtida yuz bergan.












