Federal ayblov meksikalik narkobaron El Çapo (Pakana) laqabi bilan tanilgan Xoakin Gusmandan davlat ğaznasiga 12,6 mlrd dollar tölaşni talab qilişdi, deb xabar berdi CNN telekanali.
Ayblovlarçilarning bildirişiça, uşbu summa Gusman giyohvand moddalar sotiş orqali qölga kiritgan mulklar qiymatidan kelib çiqib qöyilgan.
Narkobaron himoyaçilari unda bunça pul yöqligini ta'kidlaşmoqda.
Xoakin Gusman uzoq vaqt davomida "Sinaloa" narkokartelini boşqargan. Fevralda u jinoiy guruh tuziş, giyohvand moddalar sotişda aybdor deb topilgan. U hozirda Manxetten federal qamoqxonasida saqlanmoqda.

















