Filialda quyidagi va boshqa ehtiyoj yuqori bo‘lgan ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha yuqori malakali kadrlar tayyorlanadi:
- psixologiya;
- pedagogika;
- matematika va tabiiy fanlar;
- mexanika.
Filial xorijiy davlatlarning yetakchi OTMlari bilan, jumladan, psixologiya sohasida Rossiyaning yetakchi OTMlari bilan hamkorlikda qo‘shma dasturlar asosida malakali kadrlar tayyorlaydi.
2019/2020 o‘quv yilida filialga davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlari O‘zbekiston ta'lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasining qarori bilan tasdiqlanadi.
2020/2021 o‘quv yilidan boshlab talabalarni qabul qilish soni belgilangan tartibda har yili tasdiqlanadigan respublika oliy ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish kvotalaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.











