Boks böyiça öta oğir vazndagi sobiq jahon çempion Mayk Tayson ESPN telekanali sörovnoma asosida tuzgan sportdagi eng “zolim” sportçilar reytingiga izoh berdi. Röyxatning eng yuqori poğonasini “Barselona” futbol klubi va Urugvay terma jamoasi hujumçisi Luis Suares egallagandi. 2-öringa ingliz futbolçisi Joui Barton qöyilgan, Tayson esa “bor-yöği” 3-öringa loyiq deb topilgan. Sobiq boksçi Kiyevda muxlislari bilan uçraşuvda uşbu reytingga aynan u boşçilik qilişi kerakligini ta'kidlab ötgan.   

“Men uçinçiman? Unda kim birinçi? Suares? Men bu yigitni tanimayman. U ham tişlaganmi? U bu qilmişi uçun 3 mln dollar jarima tölaganiga işonçim komil emas. Bunday röyxatni tuzganingizda, bilingki, birinçi örinda men bölişim kerak”, deb aytgan Tayson.

Olimpiya çempioni, köp karra jahon çempioni va bir neçta jahon rekordlari sohibi Tayson sport faoliyatini 2005 yilda yakunlagan. U özining tajovuzkor fe'li bilan ajralib turgan. 

1997 yil iyulda “temir” Mayk va Evander Xolifild örtasida maşhur jang bölib ötgan. Jang vaqtida Tayson raqibining avval öng quloğini, söngra çap quloğini tişlab olgan.