Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qonun loyihasi e'lon qilindi.
Özbekiston Respublikasining 1999 yil 15 aprelda qabul qilingan “Örmon töğrisida”gi 770-I-sonli qonuniga quyidagi özgartişlar kiritilişi mumkin:
8-moddaning (Örmon fondi yerlari) ikkinçi qismi quyidagi tahrirda bayon qilinadi:
“Örmon fondi yerlari Özbekiston Respublikasining fuqarolariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda egalik qiliş, foydalaniş uçun, şu jumladan ijaraga davlat-xususiy şeriklik asosida örmon xöjaligi organlari tomonidan 50 yilgaça muddatga berilişi mumkin.”;
13-moddaning (Özbekiston Respublikasi Örmon xöjaligi davlat qömitasining örmonlarni muhofaza qiliş, himoya qiliş, köpaytiriş, takroriy köpaytiriş, qayta tiklaş, ularning mahsuldorligini oşiriş va ulardan foydalaniş sohasidagi vakolatlari) birinçi qismi töqqizinçi xatboşisidagi “kesiş, şuningdek asalari uyalari va qutilarini joylaştiriş” degan sözlari “kesiş” degan sözi bilan almaştiriladi;
31-moddaning (Örmondan foydalaniş):
yettinçi qismi quyidagi tahrirda bayon qilinadi:
“Örmondan qisqa muddatli yoki uzoq muddatli foydalaniş huquqini örmondan doimiy foydalanuvçilar tomonidan beriladigan tegişli hujjatlar asosida davlat örmon fondi uçastkalaridan foydalanişni amalga oşiruvçi yuridik va jismoniy şaxslar örmondan vaqtinça foydalanuvçilardir.”;
sakkizinçi qismidagi “ön yilgaça” degan sözlari “ellik yilgaça” degan sözlari bilan almaştiriladi;
33-moddaning (Örmondan doimiy foydalanuvçilarning huquq va majburiyatlari) ikkinçi qismi sakkizinçi xatboşisi çiqarib taşlanadi;
40-moddadagi (Asalari uyalari va qutilarini joylaştiriş) “Özbekiston Respublikasi Örmon xöjaligi davlat qömitasining ruxsatnomasi böyiça” degan sözlari “davlat örmon xöjaligi organlari tomonidan” degan sözlari bilan almaştiriladi;
45-moddaning (Ilmiy-tadqiqot, madaniy-ma'rifiy, tarbiyaviy, soğlomlaştiriş, rekreatsiya va estetik maqsadlarda foydalaniş) ikkinçi qismi quyidagi tahrirda bayon qilinadi:
“Yuridik va jismoniy şaxslar tomonidan davlat örmon fondi uçastkalaridan madaniy-ma'rifiy, tarbiyaviy, soğlomlaştiriş, rekreatsiya va estetik maqsadlarda foydalanişga örmondan doimiy foydalanuvçilar tomonidan yöl qöyiladi.”.












