Bugun 29 avgust kuni, Yoşlar akademiyasi a'zolarining navbatdagi uçraşuvi bölib ötdi. Tadbirda akademiya a'zolarining loyihalar taqdimoti, ularni a'zolik sertifikati bilan taqdirlaş, şuningdek, «Liderlar kitobi» taqdimoti ötkazildi.
Innovatsion rivojlaniş vaziri, akademik Ibrohim Abdurahmonov a'zolikka yangi qabul qilingan yoşlarni tabriklab, vazirlik qoşidagi bu taşkilot mohiyati haqida fikrlarini bildirib ötdi.
«Özbekiston Fanlar akademiyasidagi akademiklarning asosini 60 yoşdan yuqori bölgan olimlarimiz taşkil etadi. Biz kabi yoşlar ham bor, lekin bu kam, albatta. Innovatsion rivojlaniş vazirligi qoşida Yoşlar akademiyasi oçilganda köpçilik FAga raqobat qiladigan taşkilot tuziladimi, degan fikrga ham borgandi. Ta'kidlab aytamanki, bu unday emas albatta, taşkilot yoş tadqiqotçilarni birlaştirişga, ular orqali esa boşqa yoşlarni innovatsion ğoyalarga yönaltirişga xizmat qiluvçi tuzilma böladi», deydi vazir.

Tadbir davomida akademiya a'zolari öz loyihalari taqdimotini ham ötkazişdi.
«Interaktiv doskali studiya – Masofaviy darslar uçun qulaylik yaratadi»
Rasuljon Ahmedov, Yoşlar akademiyasi a'zosi. Navoiy davlat konçilik institutini bitirgan, 2010-2020 yillarda Moskvada injyenerlik loyihalarida qatnaşgan.

«Bir neça yil Rossiyada injyenerlik böyiça loyihalarda qatnaşdim. Şu vaqt davomida şeriklarim bilan birgalikda interaktiv doskali studiya işlab çiqdik. U masofaviy ta'limda ançagina yengilliklar yaratadi. Doskaning ahamiyati şundaki, bunda bevosita masofaviy ta'limda dars olib boriş, yoziş, öçiriş, şu bilan bir vaqtda slaydlarni boşqariş ham mumkin.

Hozirda telekanallarda uzatilayotgan onlayn darslarda öqituvçi bir tomondan doskani tösib qoladi, yoki soya tuşib efirga ta'sir qiladi. Biz taqdim etayotgan interaktiv doskali studiya bu kamçiliklarni oson hal etadi, şuningdek, unda bir neça amallarni bir paytda bajariş mumkin böladi. Masalan, doskada ham yozib boriş, ham slayd va videolarni körsatiş imkoni mavjud. Öqituvçi darsni tuşuntirişda qiyinçilikka uçramaydi.
Biz buni kengroq miqyosda foydalaniş uçun Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi, Xalq ta'limi vazirligidan yordam söraganmiz va har bir OTMga tatbiq qilmoqçimiz», deydi loyiha mualliflari.














