Innovatsion rivojlaniş vazirligi huzuridagi Yoşlar akademiyasi faoliyatini yanada rivojlantiriş çora-tadbirlari qabul qilinadi.

Muhokama uçun e'lon qilingan hukumat qarori loyihasida aytilişiça, prezidentning 2019 yil 30 avgustdagi “Yoşlarni ilm-fan sohasiga jalb etiş va ularning taşabbuslarini qöllab - quvvatlaş tizimini takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi PQ-4433-son Qaroriga muvofiq Innovatsion rivojlaniş vazirligi huzurida Yoşlar akademiyasi taşkil etilgan.

Innovatsion rivojlaniş vazirligi va Yoşlar ittifoqi, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda respublikaning har bir hududida bosqiçma-bosqiç yuridik şaxs maqomiga ega mas'uliyati çeklangan jamiyat şaklidagi “Yoşlar texnoparki” direksiyasi taşkil etiş taklifiga rozilik berilişi mumkin.

Bunda, Texnopark “Yaşnobod” innovatsiya texnoparkining hududiy bölinmasi deb hisoblanadi va “Yaşnobod” innovatsiya texnoparkining rezidentlarining joylaşuvini eksterritoriallik Özbekistonning barça hududlarida amalga oşiriladi.

Quyidagilar Texnopark faoliyatining asosiy vazifalari va yönalişlari etib belgilanadi:

hududlarda Yoşlar akademiyasining faoliyatini rivojlantiriş hamda mahalliy hokimiyat organlari, ta'lim muassasalari va ilmiy taşkilotlar bilan hamkorlikda yoşlarni ilmiy va ijodiy salohiyatini oşiriş;

hududlarda yoşlarning analitik fikrlaş, ularni ilmiy tadqiqot va innovatsion faoliyatga keng jalb etiş, iqtidorli, taşabbuskor yoşlarning öz intellektual salohiyatini namoyon qilişi va ijtimoiy moslaşuvi uçun zarur şaroitlar yaratiş;

yoşlarning startap-loyihalarni rivojlantiriş va ularni amalga oşiriş uçun yagona maydon taşkil etiş orqali hududlarning innovatsion salohiyatini oşiriş;

zamonaviy talablarga javob beradigan malakali kadrlarni tayyorlaş, şuningdek, hududlarni sifatli yuqori texnologiyali mahsulotlar va xizmatlar bilan ta'minlaş maqsadida ilm-fan, ta'lim va işlab çiqariş integratsiyasini çuqurlaştiriş;

iqtidorli yoşlarni rivojlangan xorijiy mamlakatlarning nufuzli ilmiy markazlari, universitetlari, texnoparklari va işlab çiqariş korxonalarida malaka oşirişlariga kömaklaşiş;