Aziza Umarova: «Aviakompaniya monopoliyasi tufayli aholining 95 foizi hayoti davomida dengizni ko‘rmay o‘tadi»

Foto: Xalqaro press-klub
Taniqli ekspert Aziza Umarova «O‘zbekiston havo yo‘llari» aviakompaniyasi faoliyatini tanqid ostiga oldi. U bu haqdagi postini Facebook’dagi sahifasida e'lon qildi.
«Turkiyada juda ko‘pchilik hordiq chiqaradi. Novokuznetsk ishchilaridan tortib, Chita-Chimkent-Cherkassdan bo‘lgan o‘rta darajadagi biznes egalarigacha. Men atayin poytaxtlar nomini aytmayapman va eksklyuzivlar haqida gapirmayapman. Antaliyadagi aksariyat dam olish maskanlari oddiy shaharlardan kelgan o‘rtacha statistik kishilar bilan to‘la, ular yiliga bir marta bolalarini sohilbo‘yi va all inclusive furshetlariga bemalol olib boradi.
Lekin bizda hammasi boshqacha. Oddiy fuqarolarda ta'tilda chet elga chiqish imkoni yo‘q, sababi aviatashuvchi monopolist O‘zbekistonga raqobat kirishiga yo‘l bermayapti. Bizda charter reyslar, loukosterlar va muqobil mahalliy aviakompaniyalar yo‘q. (Istayotganlar esa ko‘p). Buning o‘rniga, har yili yozgi mavsumda «Havo yo‘llari» o‘zining Antaliyaga standart reysini «charter» deb ataydi hamda unga chiptalarni Istanbulga oddiy reys narxida sotadi, bronlash har doim muayyan sayyohlik firmasi orqali o‘tadi. Tanish-a?
Hammasi ham mayli, lekin «Havo yo‘llari»dan «charter» - bu tushunchalarni ochiqchasiga almashtirishdir. Chimkent, Moskva, Chelyabinskda «Havo yo‘llari»dan «charter» puliga ($650+) siz nafaqat dengizga to‘g‘ridan-to‘g‘ri charterga chipta, balki bir haftalik all inclusive yo‘llanmasiga ham ega bo‘lasiz... Charter chiptasi odatda 150-200 dollar turadi. Juda ham arzon. Shuning uchun Turkiyada dam olish - Rossiya, Qozog‘iston, Ukrainadagi eng ommabop va hamyonbop yo‘nalish, ammo bizda - hashamat. O‘tmishda O‘zbekiston sayyohlik firmalari o‘zlari charterni yo‘lga qo‘yish taklifi bilan chiqishgan, biroq doimo rad javobi olishgan. Faqat «Havo yo‘llari» uchadi.
Men Andijon, Buxoro, Nukus, Qo‘qondan bolalarni Turkiyadagi siyqasi chiqqan 3 yulduzli mehmonxonaga olib borish bizning odamlar uchun erishib bo‘lmas orzu bo‘lib qolayotganidan afsusdaman... Aholining 95 foizi hayoti davomida dengizni ko‘rmay o‘tadi. Shunchaki, kimdir o‘z cho‘ntagi uchun ishlashdan to‘xtay olmasligi va sog‘lom raqobat muhitiga ega to‘g‘ri aviatsiya bozorini qura olmayotgani uchun.
Yodda tuting, davlat monopoliyasi har doim yomon, hamyonimizga qo‘l suqadi va bizni kambag‘alroq qiladi», - deb yozadi Aziza Umarova.
Tavsiya etamiz
Zelenskiydan mamnun, Rossiya zarbalaridan hafsalasi pir bo‘lgan. Trampning oxirgi bayonotlaridan asosiy gaplar
Jahon | 16:21 / 28.04.2025
Turkiyalik erkak operatsiyadan keyin ona tilini unutib, boshqa tilda gapirishni boshladi
Jahon | 19:42 / 27.04.2025
Havo isib ketishi va qurg‘oqchilikka tayyor turishimiz kerak – Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 15:55 / 26.04.2025
Muddat qo‘yuvchi Tramp: buning oxiri bormi?
Jahon | 22:09 / 24.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Mart oyida avtotransport vositalari savdosi 3 foizga kamaydi
Iqtisodiyot | 08:12
-
Toshkentdagi ko‘chalardan biri 24 soatga yopildi
Jamiyat | 08:09
-
Hindiston Fransiyadan Rafale qiruvchi samolyotlarini sotib oldi
Jahon | 08:00
-
Amazon orbitaga Starlink uchun raqobatchi bo‘lgan sun’iy yo‘ldoshlarni uchirdi
Fan-texnika | 07:50
Mavzuga oid

15:52 / 14.04.2025
UzAirways yo‘lovchiga maxsus ovqat bermagani uchun javob berishiga to‘g‘ri keldi

10:07 / 03.03.2025
Bir qator xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning eksklyuziv huquqlari bekor qilinadi

15:35 / 24.02.2025
Notarif cheklovlar fonida O‘zbekistonga yengil avtomobillar importi keskin qisqardi

18:07 / 17.02.2025