Liviyaning Tripoli şahri atrofidagi töqnaşuvlar oqibatida mingdan ortiq kişi halok böldi, 5,5 mingdan ortiq kişi jarohatlandi. Bu haqda Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti xabar berdi.

"Tripoli atrofidagi inqirozga tört oy bölmoqda, halok bölganlar soni 1048 kişini taşkil etadi, 5558 kişi jarohatlangan", - deyiladi JSTning Twitter sahifasidagi xabarida.

Aprel oyida Feldmarşal Halifa Haftar qömondonligi ostidagi Liviya milliy armiyasi poytaxt Tripoliga yurişining 2-bosqiçini boşlagandi.  

Haftar Tripoliga yurişga 4 aprelda buyruq bergandi. Uning bölinmalari Tripolidan janubda joylaşgan Ğaryon va Surman şaharlari ustidan nazorat örnatişga muvaffaq bölgan.