Xalqimizda «öyindan öt çiqadi» degan dono naql bor. Sönggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda «obunaçi» yiğib, maşhurlikka erişmoqçi va buning ortidan daromad orttirmoqçi bölgan «işbilarmon» yoşlar paydo böldi. Açinarlisi, ularning maşhurlikka erişiş uçun tanlagan yölni (yoki usuli) na aql, na fikr na mantiq tarozisi bilan ölçab bölmaydi. Qisqaça aytganda, aqlga siğmaydi - kurakda turmaydi.
«Prank» videolar (tarmoq hazili) insonning içki dunyosi, u yaşayotgan tarbiyaviy muhitni ifoda etadi. Demak, mamlakat yoşlarining qilayotgan işlaridan, ulardagi tarbiyaviy muhitga baho bersak ham böladi.
Şu yilning 25 may kuni Toşkent metrosida litsey bitiruvçilari bölgan uç nafar ösmir pirotexnika buyumlari bilan mayda bezorilik sodir qilgan edi. Ular «prank» video tayyorlab, internetga joylaş orqali sahifa a'zolari sonini köpaytiriş va pul işlaş maqsadida metro poyezdi «Bodomzor» bekatiga kelib töxtaganida petardalar solingan sumkaga öt qöyib, holatni videoga olişgan va sumkani taşlab qoçişgan edi. Vagondagi olov tezda bartaraf etilgan, bezorilarga esa qonun doirasida çora körilgandi.
Iyun oyida telegramda tanasini alanga qoplagan yigit köprikdan özini suvga otgani aks etgan video tarqalgandi. Ma'lum bölişiça, Urgançda yoşlar örtasidagi bahsdan söng yigitlardan biriga benzin quyib, yoqib yuborilgan, u özini suvga otgan.
Xorazm viloyati Içki işlar boşqarmasi tomonidan aniqlanişiça, videoda iştirok etgan tört yigit ham Xorazm viloyatida yaşaydi, ulardan biri 1992 yilda, qolgan uç nafari esa 1999 yilda tuğilgan. Videoda qayd etilgan holat 18 iyun kuni Urganç şahridan oqib ötuvçi Şovot kanali ustidagi piyodalar ötiş köprigida sodir bölgan.
Tanasida yonib turgan olov bilan suvga sakragan şaxs 19 iyun kuni şifoxonaga murojaat qilgan, unga «olovdan çap qöl yelka, böyin, ikkala kurak va bel sohalari I-II-IIIA darajali termik kuyiş. S-20%. Kuyiş kasalligi, kuyiş şoki örta oğir darajasi» taşxisi qöyilib, tibbiy yordam körsatilgan.
Mazkur holat yuzasidan Urganç şahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.












