Instagramʼda faoliyat yurituvçi özbek vaynerlaridan biri notaniş ayolga qöpol munosabatda bölgani, uning qarşiligiga qaramay qölidan uşlab maşinasiga ötirğizmoqçi bölgani aks etgan video internet foydalanuvçilarining noroziligiga sabab bölmoqda.
“Prank deb nomlab xohlagan işimizni qilsak böladimi? Hurmatli IIBB, samosud qilişga ruxsat yöq ekan, nima, bu xohlagan işini qilib yuraveradimi?” deb yozadi dasturçi va bloger Abdusattor Abdurahimov.
Uning fikriça, uşbu videoda vayner şaxsning ruxsatisiz unga tegingan, şaxsga tahdid qilgan, şaxsni öğirlaşga uringan, şaxsni qörqitgan, şaxsiy daxlsizlik çegarasini va ikki kişi, ayniqsa, qarama-qarşi jins vakili bilan örtada saqlanişi şart bölgan “şaxsiy oraliq” masofasini buzgan.
Fikr bildirganlarning aksariyati prankçining harakatlarini qoralagan. Norozilikka sabab bölgan video qaçon olingani noma’lum. Vaynerning Instagramʼdagi sahifasida uşbu video mavjud emas. Biroq sahifada şaxsiy daxlsizlik çegarasi buzilgan bundan boşqa videolar ham talaygina (1, 2, 3, 4, 5, 6).
Garçi bu videolarning aksariyatida hazil ekani matnda eslatilgan bölsa-da, videoda bu haqda bir oğiz söz ham yöq. Eng yomoni, bunday kontentni körayotganlar notaniş ayolga gap otiş, uni haqoratlaş, sevgan qizi yoki rafiqasi bilan birga sayr qilib yurgan yigitni noqulay ahvolga tuşirib obrösizlantiriş, istalgan odamga önğaysiz savollar berişni tabiiy holat deb qabul qila boşlaşi mumkin.
Qolaversa, vayner öz videolarda turli jargon va haqoratomuz sözlarni bemalol işlatişi obunaçilari tomonidan tanqid qilib kelinadi.
Avvalroq «prank» video oliş uçun soğlom qölini singan deb şifokorlarni aldab soğlom qölini gips qildirgan xorazmlik ösmir uzr sörab












