Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Ijod maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori loyihasi e'lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining atoqli adiblar nomi bilan atalgan ilovadagi ayrim fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarni qayta tashkil etgan holda rasman “Ijod maktabi” maqomini berish;

Har yili o‘quv yili yakunida “Yilning eng yaxshi Ijod maktabi” tanlovini o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilishi mumkin.

Shunday tartib o‘rnatiladiki, unga muvofiq:

2019/2020 o‘quv yilidan boshlab Ijod maktablarining yillik qabul kvotasi 26 nafar etib belgilanadi, o‘quvchilar 7-sinfga ijodiy tanlov va test sinovlari asosida qabul qilinadi;

Ijod maktablariga o‘quvchilar sonidan qat'iy nazar 1 shtat birligida kutubxonachi lavozimi joriy etiladi;

Ijod maktablarining 10-11-sinflarida a'lo baholarga ta'lim olayotgan o‘quvchilar o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan saralash imtihonlari natijasiga ko‘ra eng ko‘p ball to‘plagan o‘ttiz foiz o‘quvchilar davlat oliy ta'lim muassasalariga kirish imtihonlarida ona tili va adabiyoti (qoraqalpoq tili va adabiyoti) fanidan maksimal ball beriladi;

Ijod maktablari direktorlariga maktabning ixtisosligidan kelib chiqib, umumiy o‘rta ta'limning tayanch o‘quv rejasida belgilangan soatlar doirasida alohida o‘quv rejasini tasdiqlash va amaliyotga joriy etish vakolati beriladi;

Ijod maktablarining o‘ziga xos xususiyatidan kelib chiqib, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tavsiyasiga ko‘ra Yozuvchilar uyushmasi a'zolariga ushbu maktablarda ijodiy qobiliyatni rivojlantirishga yo‘naltirilgan fanlardan dars berish huquqi beriladi;

ijodiy va fan to‘garaklarida mashg‘ulot olib boradigan Yozuvchilar uyushmasi a'zolari va pedagoglar mehnatiga haq to‘lash umumta'lim maktablari pedagog xodimlariga soatbay haq to‘lash miqdorlariga tenglashtiriladi.

2019/2020 o‘quv yilidan boshlab Ijod maktablarining quyidagi xodimlari mehnatiga haq to‘lash bazaviy tarif stavkalariga nisbatan 40 foiz miqdorda, 2020/2021 o‘quv yilidan 100 foiz ustama qo‘llanilgan holda amalga oshiriladi: