Soğliqni saqlaş vazirligi “Kun.uz” axborot saytida e'lon qilingan “Paxtaçida qovun-tarvuzlar laboratoriya tekşiruvisiz sotilmoqda. Mutasaddi taşkilotlar nega nazorat olib bormayapti?” maqolasi yuzasidan quyidagilarni ma'lum qiladi.

Avvalo ta'kidlaş joizki, Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 27 iyundagi “Özbekiston Respublikasi Veterinariya va çorvaçilikni rivojlantiriş davlat qömitasi faoliyatini tartibga soluvçi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlaş töğrisida”gi 532-sonli qaroriga muvofiq, bozorlar, savdo taşkilotlari va boşqa savdo obektlarida poliz mahsulotlari, oziq-ovqat mahsulotlarini qabul qiliş, saqlaş hamda realizatsiya qiliş uçun veterinariya uçastkalari va bozorlar veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyalari tomonidan veterinariya-sanitariya ekspertizasi va laboratoriya tahlillaridan ötkazilib, xulosa beriladi.

Şunga köra, hozirda dehqon bozorlari hududida sotilayotgan poliz mahsulotlari xavfsizlik körsatgiçlariga tekşiriş va realizatsiya qilişga ruxsat beruvçi ma'lumotnoma yozib beriş vakolati faqat Veterinariya va çorvaçilikni rivojlantiriş qömitasi tasarrufidagi dehqon bozorlari qoşida joylaşgan veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyalari (VSEL) tomonidan amalga oşirilmoqda. Uşbu laboratoriyalarda tahlillar ötkazilmasa yoki tahlil natijalari me'yorlarga javob bermasa, qişloq xöjaligi, jumladan, poliz mahsulotlarini bozorlar, savdo şoxobçalariga olib kiriş va sotiş qat'iy  taqiqladi.

Bozorlardan taşqari joylarda poliz mahsulotlarini sotiş faqat  mahalliy hokimliklar tomonidan tasdiqlangan dislokatsiya böyiça ajratilgan joylarda amalga oşirilişi hamda hududiy VSEL ma'lumotnomasi bilan sotilişi lozim.

– “Xöjalik yurituvçi sub'yektlarning faoliyatini davlat tomonidan nazorat qiliş töğrisida”gi Qonunga muvofiq,  xöjalik yurituvçi sub'yektlar va fuqarolar tomonidan murojaat bölganda qişloq xöjaligi va poliz mahsulotlari davlat tomonidan xavfsizlik körsatgiçlari böyiça laboratoriyada tekşirilişi va tegişli xulosalar berilişi mumkin. Ya'ni, amaldagi qonunçilikda sanitariya-epidemiologik xulosalar olinişi ixtyoriy bölib, yuridik va jismoniy şaxslar tomonidan murojaat bölganda, uşbu mahsulotlarni sertifikatlaştiriş jarayonida, şuningdek, aholi örtasida kasallaniş holatlari töğrisida xabar kelib tuşgan holatlardagina  Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi qişloq xöjaligi va poliz mahsulotlarining xavfsizlik körsatgiçlarini laboratoriyalarda töliq tekşirib beriş vakolatiga ega böladi, – deydi Davlat Sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi boş vraçi Bahrom Almatov. – Hududiy DSENMlarida esa  bunday tekşiruvlarni ötkaziş imkoniyati mavjud,