BAAlik tadbirkor Abdulloh Al Şoxiy ulkan rejalar haqida ma'lum qildi – u öz davlatiga haqiqiy aysbergni yetkazişga umid qilmoqda. Muz toğ nafaqat diqqatga sazovor joy böladi, balki içimlik suvi tanqisligi muammosini hal qilişi mumkin.

Ta'kidlanişiça, aysbergni manzilga yetkaziş bir neça bosqiçda amalga oşiriladi. Dastlab uni Avstraliya yoki JAR sohillariga taşiş rejalaştirilmoqda. Agar bu bosqiç muvaffaqiyatli keçsa, aysberg BAAgaça yana bir masofani bosib ötadi. 

Ğoya muallifi bitta aysberg BAA aholisini sifatli çuçuk suv bilan 5 yil ta'minlaşiga işonç bildirmoqda.