10 iyul kuni Oliy Majlis Senati Fan, ta'lim va soğliqni saqlaş masalalari qömitasining 2019 yil birinçi yarmidagi faoliyati yuzasidan matbuot anjumani bölib ötdi. Unda mamlakatda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlari bilan işlaşda yöl qöyilayotgan kamçiliklar xususida söz bordi.
Anjumanda qayd etilişiça, nogironlar istiqomat qiladigan turar joylar, imkoniyati çeklanganlarga ajratilayotgan uylarda ularning kirib çiqişi, harakatlanişi uçun kerakli şaroit yaratilmagan.
Şuningdek, nogiron bolalarning ta'lim muassasasida tahsil olişining imkoni bölmay, uyda ta'lim olişiga töğri kelgan taqdirda ota, ona yoki ularning örnini bosuvçi şaxslarga moddiy yordam va imtiyozlar beriş tartiblari işlab çiqilmagan.
«Respublikadagi muruvvat va saxovat uylarida yaşayotgan nogironlar va keksalarga körsatilayotgan tibbiy-ijtimoiy xizmatlar holati qoniqarli emas. Bunday internat uylariga kerakli maişiy mahsulotlar maxsus axborot portali orqali xarid qilingani bois mahsulotning sifatini tekşiriş imkoniyati mavjud emas. Natijada sifati juda past bölgan mahsulotlar olib kelinmoqda. Ayniqsa, oziq-ovqat mahsulotlarining holati açinarli ahvolda», ─ deydi Fan, ta'lim va soğliqni saqlaş qömitasi raisi Zayniddin Nizomxöjayev.
Qömitaning örganiş xulosalariga köra, muruvvat uylarida sil kasalligiga çalinganlarga ixtisoslaştirilgan tibbiyot muassasasida tibbiy kömak körsatilişi belgilangan bölsa-da, bunday bemorlar internat uylarning özida davolanyapti. Internatda bironta ham silni davolaşga ixtisoslaşgan tibbiyot xodimi yöq.
Şuningdek, muruvvat uylarida örinlar sonining kamligi bois bugungi kunda 200 nafar ruhiy xasta bemor uzoq yillardan beri navbat kutmoqda. Xususan, Buxoro, Qarşi, Toşkent, Nukus muruvvat uylarida bunday navbatlarning mavjudligi aniqlangan.
Moliyaviy mablağlar öz vaqtida ajratilmayotgani bois bir neça internat uylari kapital ta'mirga muhtoj. Jumladan, Toşkent şahridagi 340 örinli erkaklar muruvvat uyi ta'mirtalab holatda. Urgut tumanidagi ayollar muruvvat uyida hamda Namangan saxovat keksalar va nogironlar uylarida quriliş işlari çala taşlab ketilgan.
«Çet el mamlakatlaridan beğaraz kömak sifatida keladigan texnika vositalaridan olinadigan bojxona tölovlari respublika Vasiylik kengaşi moliyaviy ahvoliga jiddiy ta'sir körsatmoqda. Misol uçun, 2018 yil davomida beğaraz yordamning bojxona töloviga 11 mlrd söm uşlab qolingan. Bu qanaqasi? Özi beğaraz kelayotgan yordam bölsa, unga 11 mlrd xarajat qilgandan köra, uni nogironlarning ehtiyojlariga sarflansa foydaliroq böladi-ku. Mahsulotlarni xavfsizlik nazoratidan ötkazib, bojxona tölovisiz kiritiş kerak», ─ deya ta'kidlaydi Nizomxöjayev.
Ma'lum qilinişiça, mamlakatda imkoniyati çeklangan yoşlarni ta'lim bilan qamrab oliş quvvatining pastligi bois, ayrim maktab internatlarda belgilangan miqdordan köp odam qabul qilinganligi aniqlangan. Misol uçun, Toşkent şahridagi közi ojizlar uçun maktab internat 220 öringa möljallangan, lekin 350 közi ojiz nogiron bu yerda ta'lim olyapti. Közi ojiz yoşlarni yoziş moslamasi bilan ta'minlaş işlari ham tizimli ravişda yölga qöyilmagan. Bunday moslamalar çet eldan homiylik asosida keltirilgani bois maktab internatlar ularni özining mulki hisoblaydi, yoşlar bitirib ketayotganda moslamani taşlab ketadi, oliy öquv yurtiga esa bunday vositalar ajratilişi közda tutilmagan, şuning uçun ular yana şu muammoga duç keladi.
Şuningdek, anjumanda öquv binolari va talabalar turar joylarida imkoniyati çeklangan talabalarning harakatlanişi uçun kerakli şaroitlar yaratilmagani, hojatxona va yuviniş xonalari turli kategoriyadagi nogironlar uçun moslaştirilmagani qayd etildi.












