Mazkur masala Adliya vazirligi tomonidan Toşkent şahrida faoliyat yuritayotgan notariuslar iştirokida muhokama qilindi. Unda Özbekiston Respublikasi prezidenti Administratsiyasi mas'ul xodimlari ham iştirok etişdi. Bu haqda Adliya vazirligi Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi xabar bermoqda.

Muhokama davomida sohada olib borilayotgan islohotlarga qaramasdan, notarial idorada navbat kutiş va sansolarlik kabi tösiqlar uçrayotganligi, bu esa aholining e'tirozlariga sabab bölayotganligi, ayrim notarial harakatlarni tasdiqlaşda axborot texnologiyalari töliq joriy etilmaganligi borasidagi muammolar haqida söz yuritilib, ularni bartaraf etiş böyiça bir qator takliflar bildirildi.

Xususan, yiğiliş iştirokçilari nodavlat notariat tizimining joriy etilişi notariuslarning xizmat mas'uliyatini yanada oşiribgina qolmasdan, tezkor va sifatli notarial xizmatlar körsatilişiga, navbatlarning keskin kamayişiga hamda aholining notarial xizmatlarga bölgan talabi qamrovi kengayişiga olib kelişini ta'kidlaşdi.

Şuningdek, notarial harakatlarni amalga oşirişda aholiga yanada yengilliklar yaratiş maqsadida bitta notarial harakatni turli notarial idoralarga borgan holda rasmiylaştiriş, ayrim notarial harakatlarni notarial idoraga kelmasdan masofadan elektron raqamli imzodan foydalangan holda amalga oşiriş tartibini joriy etiş masalalari muhokama qilindi.

Majburiy notarial tasdiqlanadigan harakatlar doirasini qisqartiriş, uy-joyni boşqa şaxsga ötkazişda, mol-mulk ijara va tekin foydalaniş şartnomalarini tasdiqlaşda ayrim hujjatlarni oliş talablarini bekor qiliş, axborot-texnologiyalari imkoniyatlaridan keng foydalaniş masalalari iştirokçilarning diqqat markazida böldi.

Yiğilişda notariatning nodavlat tizimini taşkil etiş va notarial idoralarda huquqiy xizmat körsatiş sifatini oşirişni nazarda tutuvçi normativ-huquqiy hujjat loyihasi böyiça fikr-mulohazalar bildirildi, deyiladi vazirlik ma'lumotida.