Armaniston poytaxti Yerevanda metro, issiqlik elektr markazi töxtab qoldi, çiroq, telefon aloqasi va internet yöq. Bunday yirik blekautni mamlakat eslay olmaydi.
Metroga elektr uzatiş töxtab qolgan, poyezdlar tunnellarda qolib ketgan. U yerdan 12 mingga yaqin odam olib çiqilgan. Jabrlanganlar yöq.
Armaniston hududiy boşqaruv va infratuzilmalar vazirligida elektr ta'minotidagi uzilişga energiya tarmoğidagi sakraş olib kelgani ma'lum qilingan. Dastlab Razdan, söngra Yerevan issiqlik elektr markazi va boşqa mayda stansiyalar öçirilgan.
Hozirda kuçlanişda sakraşlar yöq. Hukumat va favqulodda xizmatlar nosozliklarni bartaraf etiş uçun kuçaytirilgan tartibda iş olib bormoqda. Avariya sababini maxsus işçi guruh örganmoqda.
Armaniston soğliqni saqlaş vaziri Arsen Torosyan fuqarolarni elekr energiyani tejab işlatişga çaqirgan. “Energiyani muhim muassasalarga yetişi uçun maksimal tejab işlatişni sörayman. Ortiqça çiroqni, konditsionerlarni öçirib qöying”, deb yozgan Torosyan ijtimoiy tarmoqda.












