Özbekiston Respublikasi Prezidentining «Oliy va örta maxsus ta'lim sohasida boşqaruvni isloh qiliş çora-tadbirlari töğrisida»gi farmoni e'lon qilindi.
Farmonga köra oliy va örta maxsus, kasb-hunar ta'limi tizimini tubdan takomillaştiriş, sohada davlat boşqaruvi samaradorligini yanada oşiriş, tizimdagi muassasalarning sifatli faoliyat yuritişini ta'minlaş orqali yuqori malakali mutaxassislar tayyorlaşni taşkil etiş maqsadida, şuningdek, 2017-2021 yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça Harakatlar strategiyasi hamda Özbekiston Respublikasida Ma'muriy islohotlar konsepsiyasiga muvofiq, quyidagilar oliy va örta maxsus, kasb-hunar ta'limi tizimini tubdan takomillaştirişning asosiy yönalişlari etib belgilansin:
· oliy va örta maxsus, kasb-hunar ta'limi sohasida zamonaviy va mustaqil fikrlaydigan, yuksak ma'naviy-axloqiy fazilatlarga ega, bilimli hamda yuqori malakali kadrlar tayyorlaş;
· oliy ta'lim muassasalarida kasbiy faoliyat yönalişida zamonaviy bilim va malakaga ega, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hamda çet tillarini özlaştirgan kadrlar tayyorlaş sifatini ta'minlaş;
· barça oliy va örta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarini öquv-pedagogik va ilmiy-uslubiy, şuningdek, ularda mutaxassislar tayyorlaş sifati, ta'lim mazmuni va darajasining davlat ta'lim standartlari hamda malaka talablariga muvofiqligini ta'minlaş;
· zamonaviy pedagogik texnologiyalar va öqitiş uslublaridan keng foydalaniş asosida öquv rejalari va fan dasturlarini takomillaştiriş, ta'lim jarayonini sifat jihatidan yangi bosqiçga kötariş hamda öqitişning ilğor şakllari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etiş;
· ta'limda ma'naviy-axloqiy mazmunni kuçaytiriş, yoşlarni, mustaqillik ğoyalariga sadoqat, milliy qadriyatlarga hurmat, insonparvarlik va yuksak ma'naviy ğoyalar asosida vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş işlarini taşkil etiş;
· oliy ta'lim muassasalarida ilmiy-tadqiqot işlarini taşkil etiş, ularning samaradorligini oşiriş, tadqiqot natijalarini amaliyotga keng joriy etiş, ilmiy işlanmalarni tijoratlaştiriş, oliy ta'lim, fan va işlab çiqarişning özaro mustahkam integratsiyasini ta'minlaş, ilmiy-tadqiqot işlariga iqtidorli yoşlarni jalb qiliş va har tomonlama qöllab-quvvatlaş;
· zimmasiga yuklangan vazifalarni samarali va yuqori professional darajada bajarişga qodir rahbar va pedagog kadrlarni tanlaş hamda oliy va örta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarini bunday mutaxassislar bilan ta'minlaş, tizimli rağbatlantiriş işlarini olib boriş;

















