Budapeştda dzyudo böyiça Gran-pri turniri birinçi kun bahslari yakuniga yetdi. 

Unda jami tört vaznda ğolib va sovrindorlar aniqlandi. Özbekistonlik Şahram Ahadov -66 kggaça vaznda 3-örinni egallab, bronza medaliga sazovor böldi.

Erkaklar örtasida -60 kg vaznda qozoğistonlik Yeldos Smetov Gran-pri ğolibi böldi. Keyingi örinlarni Bolbaatar Ganbat, Y.V. Yang va T.Tornikelar egalladi. Bu vaznda bahslarda qatnaşgan özbekistonlik dzyudoçilardan Komron Nurillayev 3-davrada bölajak çempion Yeldos Smetovga yutqazib qöygandi. Ikkinçi iştirokçi Şarofuddin Lutfullayev yarimfinalgaça muvaffaqiyatli yölni bosib ötdi, ammo final ostonasida Bolbaatar Ganbatga, uçinçi örin uçun kuraşda esa Y.V. Yangga imkoniyatni boy berdi va 5-örinda qolib ketdi.

-66 kg vaznli polvonlar bahslarida iştirok etgan ikki nafar özbekistonlikdan biri Sardor Nurillayev ikkinçi davradanoq musobaqadan çiqib ketgani xabar qilingan edi. Ikkinçi dzyudoçi Şahram Ahadov esa jamoa hisobiga turnirdagi ilk medalni yozdirib qöydi. U birinçi davrada germaniyalik S.Manuyelni, ikkinçi davrada rossiyalik A.Grigoryanni, keyin Perez Romanni, guruh ğolibligi uçun bahsda B.Şmailovni yengdi va yarimfinalga çiqdi. Bu bosqiçda H.Ganboldga yutqazib qöydi. Uçinçi örin uçun keçgan kuraşda isroillik T.Flikkerdan ustun keldi. 

Bu vaznda möğulistonlik H.Ganbold tengsiz topildi. U finalda qozoğistonlik Yeldos Jumakanovdan ustun keldi. Yana bir uçinçi örin Mixail Puliyayevga nasib qildi.