Buyuk Britaniyaning Vaşingtondagi sobiq elçisi Kim Derrok Londonga jönatgan telegrammalarida AQŞ prezidenti Donald Tramp Eron bilan yadro kelişuvidan özidan avvalgi prezident Barak Obamaga “qasdma-qasd” çiqqani haqidagi fikrni bildirgan. Bu haqda Daily Mail naşri xabar berdi.
Britaniyalik elçi telegrammalaridagi ma'lumotlarning sizib çiqişi bilan boğliq mojaro sababli 10 iyulda iste'foga çiqdi. U telegrammalarida Eron bilan kelişuv aynan Obama vaqtida imzolangani sababli Tramp undan “şaxsiy sabablarga köra” çiqişga qaror qilganini ta'kidlab ötgan. Derrok Tramp ma'muriyatining bu işini “diplomatik jaholat akti” deb atagan.
Ma'lum qilinişiça, Derrokning bu haqdagi telegrammasi 2018 yil mayida, öşanda Britaniya taşqi işlar vaziri lavozimini egallagan Boris Jonson Trampni yadro kelişuvidan çiqmaslikka köndira olmagandan keyin jönatilgan.
Avvalroq Britaniya politsiyasi elçi telegrammalarining sizib çiqişi ortida turgan bölişi mumkin bölgan kişi şaxsini örnatgani ma'lum qilingandi.

















