Berlin, Parij va London yadro kelishuvi AQSh sanksiyalarining bosimi ostida barbod bo‘lishidan hamda Eron kelishuvning bir qancha asosiy qoidalariga rioya qilmasligidan xavotirda, deb aytilgan Germaniya, Fransiya va Buyuk Britaniya davlatlari rahbarlarining bayonotida.
"Bugungi kunda biz yadro kelishuvi AQSh sanksiyalarining bosimi ostidaligi hamda Eron kelishuvning bir qancha asosiy qoidalariga rioya qilmasligi oqibatida kelishuv barbod bo‘lishidan xavotirdamiz", deb aytilgan Germaniya hukumatining matbuotga bergan bayonotida
Avvalroq Buyuk Britaniyaning AQShdagi sobiq elchisi Londonga yo‘llagan maktublarida AQSh prezidenti Donald Tramp yadro kelishuvidan o‘zidan avvalgi prezident Barak Obamaga qasdma-qasd chiqib ketganini aytgani ma'lum qilingandi.















