Toşkent şahar prokurori Şerzod Obloqulov lavozimini tark etdi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar bermoqda.
Ayni vaqtda uning işdan ketiş sababi ma'lum emas. Şuningdek, uning örniga kim tayinlangani haqida ham ma'lumot yöq.
Adliya katta maslahatçisi Şerzod Obloqulov turli yillarda Boş prokuraturada prokuror va boşqarma katta prokurori (2007−2011 yillar), Navoiy viloyatining Xatirçi tumani prokurori (2011−2013), Jizzax viloyati prokurorining birinçi örinbosari (2013−2016) va Sirdaryo viloyati prokurori (2016−2017) lavozimlarida işlagan.
U Özbekiston Respublikasi Boş prokurorining 2017 yil 12 iyundagi buyruğiga muvofiq Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va «Prokuratura töğrisida»gi Qonuniga asosan Toşkent şahar prokurori lavozimiga 5 yil muddatga tayinlangan va mazkur prokuratura hay'ati raisi etib tasdiqlangandi.
Eslatib ötamiz, Otabek Murodov iyun oyi oxirlarida boş prokuror lavozimidan ozod qilingaç, prokuratura tizimida özgarişlar boşlandi. Boş prokurordan keyin Boş prokuratura matbuot xizmati boşliği Surayyo Rahmonova ham lavozimini tark etdi.
Iyul oyi boşida esa Boş prokuraturada yana bir neça özgarişlar amalga oşirildi. Kadrlar boşqarmasi boşliği Jahongir Mirsafayev, Boş prokuratura Içki xavfsizlikni ta'minlaş boşqarmasi boşliği Najimaddin Jolamanov, Boş prokuratura Qişloq xöjaligi sohasida qonunçilik ijrosi ustidan nazorat boşqarmasi boşliği Rustam Hayitov hamda Boş prokuratura Içki işlar organlarida qonunçilik ijrosi ustidan nazorat boşqarmasi boşliği Bahrom Toştemirov lavozimlaridan ozod etilib, ularning örnini mos ravişda Sodiqjon Nazarov, Nodirbek Boytemirov, Şavkatjon Rahimov va Sodiqjon Berdialiyev egalladi.














