
2017 yil 8 noyabr kuni Toşkent şahri Olmazor tumani Beşqörğon MFYda istiqomat qiluvçi oilaning 3 nafar voyaga yetmagan farzandi ketma-ket vafot etgani haqidagi xabarlar ijtimoiy tarmoqlarni larzaga solgan edi. Ayni holat böyiça oçilgan jinoyat işi borasida tergov işlari yakunlanib, sudga oşirilgan. Bu haqda Toşkent şahar prokurori Şerzod Obloqulov ma'lum qildi.
“Uşbu jinoyat işi böyiça tergov jarayoni tugagan va sudga oşirilgan. Uni sud körib çiqmoqda”, - dedi Toşkent şahar prokurori Şerzod Obloqulov KUN.UZ muxbirining savoliga qisqa javob berar ekan. Şerzod Obloqulov, şuningdek sud hukmi çiqib, kuçga kirmagunça boşqa izoh bera olmasligini bildirdi.
Eslatib ötamiz, Toşkent şahri, Olmazor tumani, Beşqörğon mavzei (Tansiqboyev-3)da yaşovçi oilaning uç norasida farzandi ketma-ket vafot etgani haqida 11 noyabr kuni xabarlar tarqadi. Ijtimoiy tarmoqlarda bu oilani yaqindan tanigan qöşnilarning sözlariga köra, qizlar qiyma kabob tanovul qilganidan söng qorinda oğriq paydo bölganini aytişgan. Keyin esa oğriq qoldiruvçi dori iste'mol qilişgan. Biroq biroz vaqt ötgaç, qizlarning ahvoli yanada oğirlaşib, ulardan birining joni «tez yordam» maşinasida uzilgan. Qolgan qizlarning ham ahvoli oğir bölganligi sabab yuqumli kasalliklar şifoxonasiga jönatilgan. Ammo, afsuski ular ham birin-ketin vafot etişgan.
Maş'um fojia: Toşkentda bir oilaning uç qizi birin-ketin vafot etdi
Dastavval,Olmazor tumani prokuraturasi mazkur iş yuzasidan ÖzR JKning 186-moddasi 4-qismi "a" bandi, (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan mahsulotlarni sotiş, saqlaş yoki sotiş, işlarni bajariş yoxud xizmat körsatiş, inson ölimiga sabab bölsa) bilan jinoiy iş qözğatgan edi.
















