Bugun, 15 iyul kuni «Xalqaro press klub»ning navbatdagi sessiyasi bölib ötdi. Özbekiston Respublikasi Prezidentining «Iş haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oşiriş töğrisida» Farmoniga bağişlangan bu anjumanda farmonga doir özgarişlar tuşuntirib berildi, savollarga javoblar olindi.
Özbekiston Respublikasi Moliya vaziri örinbosari Şohruh Şorahmetov mazkur farmon yuzasidan fikrlarini bildirdi.
«Maoşlarning navbatdagi oşirilişini moliyalaştiriş uçun 2,2 trln söm mablağ ajratilgan. Endi 10 foiz oşiriliş kammi yoki köpmi degan savolga javob izlasak. Umuman hukumat rejasi va budjet parametrlariga köra maoşlar va pensiyalar 7 foizga oşirilişi közda tutilgan edi. Ammo prezidentimiz taşabbusi bilan bu körsatkiç 10 foizga kötarildi. Demak, ana şu oşişni qoplaş uçun yil oxiriga qadar qöşimça tarzda maoşlar uçun 361 mlrd söm, pensiyalar uçun esa 463 mlrd söm qöşimça mablağ ajratilişi közda tutilgan. Ayni şu maoşlar oşişi 2,5 mln aholining turmuş darajasiga ta'sir qiladi», deya vazir örinbosari sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
12 iyul kuni Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev iş haqi, pensiyalar, stipendiyalar hamda nafaqalar miqdori oşirilişi töğrisidagi farmonini imzoladi.
Unga köra, 2019 yilning 1 avgustdan boşlab budjet muassasalari va taşkilotlari xodimlarining iş haqi, pensiyalar, stipendiyalar hamda nafaqalar miqdori örta hisobda 1,1 (10 foiz) baravar oşirildi.














