31 oktabr kuni Oliy Majlis Qonunçilik palatasi majlisi bölib ötdi. Unda davlat dasturining 2019 yil III çoragida bajarilişi yuzasidan Vazirlar Mahkamasi hisoboti tinglandi.
Majlisda deputat Qodir Jörayev 2019 yilning 9 oyi davomida davlat budjeti taqçilligi 7,3 trilion sömni taşkil etganiga e'tibor qaratdi.

Uning aytişiça, ötgan yili deputatlar tomonidan tasdiqlangan budjetning defitsit qismi parametrlari 4,5 triliondan oşmasligi belgilab qöyilgan bölib, hozirgi körsatkiç belgilangan parametrlardan ançagina oşib ketganini körsatmoqda. Deputat hukumatdan defitsit taqçilligi yil oxirigaça oşib borişi yoxud kamayişi, buning narx-navolarga qanday ta'sir qilişi böyiça izoh berişni söradi. Uning savoliga Moliya vaziri örinbosari Şohruh Şorahmetov javob qaytardi.

«Rostanam yil örtasida budjet taqçilligi oşib ketgan edi. Şuning uçun biz ayrim çoralarni kördik. Defitsitni qoplaş uçun prezident qarori bilan uçta yönalişdagi manbaga ruxsat berilgan. Birinçisi, kreditlar hisobidan. Ikkinçisi, davlatning qisqa muddatli obligatsiyalarini çiqariş hisobidan. Uçinçisi, xususiylaştirişdan tuşgan mablağlar hisobidan. Biz mana şu uçta instrumentni işlatib, yil davomida defitsitni kamaytirib bordik. Uçinçi çorakdayam rahbariyatga qöşimça takliflar tayyorladik, ya'ni samarasiz xarajatlarni 1,4 trilion sömga qisqartirişga harakat qildik. Bu degani vazirlik va idoralar tomonidan söralgan şunça miqdordagi xarajatlarni qabul qilmadik. Budjet taqçilligini kamaytiriş böyiça işlar yil oxirigaça davom ettiriladi», deya Moliya vaziri örinbosarining sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Şohruh Şorahmetovning ta'kidlaşiça, budjet taqçilligi mamlakatning makroiqtisodiy barqarorligi, narx-navo siyosatiga ta'siri, raqamlarga boğliq. Defitsit katta bölib ketadigan bölsa, bu makroiqtisodiy vaziyatga jiddiy ta'sir etişi mumkin. Çet el tajribasiga köra budjet taqçilligi 3 foiz atrofida bölsa, buni çidamli raqam desa böladi, uni bemalol boşqariş mumkin. Şu sababli Moliya vazirligi tomonidan har xil instrumentlar yordamida defitsitni kamaytirib borilgan.
«Budjet taqçilligi köplab mamlakatlarda uçraydi, bu tabiiy hol. Ötgan yili ham budjetni tasdiqlaş paytida defitsit bilan kelib, yil oxiriga borib profitsit böldi. Çunki bizda köproq daromadlar IV çorakda tuşadi. Şuning uçun vaqtinçalik taqçillik bölişi mumkin, lekin asosiy daromadlar dekabrda tuşişi hisobiga defitsit keskin kamayadi deb umid qilamiz», deydi Şohruh Şorahmetov.
















