Moskva 2018 yil noyabrda qölga olingan ukrain dengizçilarini 21 iyulga qadar Kiyevga topşirişi ehtimoli mavjud, dedi Ukrainaning sobiq prezidenti Pyotr Poroşenko ICTV efiri orqali.
U dengiz huquqi böyiça BMT xalqaro tribunali Rossiyaga Kerç böğozida qölga olingan dengizçilarni ozod qiliş va kemalarni Ukrainaga qaytariş majburiyatini yuklaganini eslatdi. Uning sözlariga köra, Rossiya prezidenti Vladimir Putin bu qarorni bajarmaslik qanday oqibatlarga olib kelişini tuşunadi.
«Şuning uçun yigitlarimiz 21 iyulgaça uyda bölişlari ehtimoli 90%», — dedi Poroşenko.
2018 yil noyabrda Rossiya çegaraçilari Kerç böğozida ukrain dengizçilari va Ukraina HDKga qaraşli uçta kemani uşlagandi. Ular davlat çegarasini buzişda ayblanib hibsga olingan.

















