Buyuk Britaniya taşqi işlar vaziri örinbosari Alan Dankan London WikiLeaks sayti asosçisi Julian Assanj qonunan ölim jazosi közda tutilgan davlatga topşirmasligini aytdi. Bu haqda Efe agentligi xabar berdi. 

“Biz Assanjning unga ölim jazosi xavf soluvçi biror davlatga berilişiga yöl qöymasligimiz erişgan kelişuvimizning asosiy şartidir”, deb atgan Dankan Ekvador taşqi işlar vaziri Xose Valensiya bilan Kitoda ötgan matbuot anjumanda. U Britaniya Assanjning soğliği haqida qayğurayotganini qöşimça qilgan.   

Britaniyada Assanjning ekstraditsiya qilinişi qarorini içki işlar vaziri qabul qiladi, biroq u bunda Yevropa va Britaniya qonunlari va me'yorlariga amal qiladi. Britaniya hukumati saytidagi ma'lumotga köra, agar ekstraditsiya qilinuvçi şaxsga ölim jazosi xavf solsa (agar vazir uşbu şaxs ölim jazosiga mahkum qilinmasligi yoki bu hukm ijro etilmasligi haqida yozma kafolat olmasa), ekstraditsiya qonunan taqiqlanadi. 

Oxirgi yillar Ekvadorning Londondagi elçixonasida yaşagan Assanj 11 aprelda AQŞ sörovi bilan hibsga olindi. London sudi uni garov puli evaziga ozodlikka çiqiş şartlarini buzişda aybdor deb topib, 11 oylik qamoq jazosiga mahkum qilgan.

Assanjning AQŞga ekstraditsiya qilinişi böyiça jarayon 2 mayda boşlangan. U AQŞda josuslik va maxfiy ma'lumotni oşkor qiliş bilan boğliq 17 ta holat böyiça ayblanmoqda. Agar Assanj AQŞga topşirilsa, unga uzoq yillik qamoq jazosi berilişi mumkin.