Özbekiston Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasida qömita raisi maslahatçisi Behruz Hamzayev, Özbekiston Velosiped sporti federatsiyasi vakillari hamda Ispaniyaning “Truebasport” kompaniyasi rahbari Fermin Truba va kompaniya menejyeri Oskar Kantero iştirokida uçraşuv bölib ötdi.
Suhbat çoğida Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi “Truebasport” kompaniyasiga xalqaro miqyosdagi “Tour de silk road” nomli loyihani hamkorlikda taşkillaştirişni taklif etdi. Mazkur yirik velomarafon jahonga maşhur sportçilarni jalb qilişga, Özbekiston brendini dunyoga tanitişga hissa qöşadi.
Kompaniya qömitaning uşbu taklifini ma'qullagan holda, mamlakatda izçil velosiped tizimini joriy qiliş hamda butun dunyo, jumladan Yevropaga Özbekistonni turistik maskan sifatida tarğib etiş böyiça öz taqdimotini namoyiş etdi.
Uçraşuv doirasida Özbekiston yaqin kelajakda mazkur sport turi böyiça Osiyoning eng yetakçi davlatiga aylanişi mumkinligi alohida qayd etildi.
Uçraşuv yakunida tomonlar özaro manfaatli loyihaning dastabki dasturini yaratiş böyiça fikr-mulohazalar almaşildi. Mazkur loyiha dasturi töliq şakllanganidan söng örganiş uçun rahbariyatga taqdim etiladi.
Ispaniyaning “Truebasport” kompaniyasi velosport böyiça ekspertlar jamoasidan taşkil topgan bölib, ular orasida “Tour de France” ğoliblari, UCI (Union Cycliste Internationale)ning litsenziyaga ega menejyerlari, kouçing, kommunikatsiya va marketing sohasidagi yetakçi mutaxassislarni uçratiş mumkin.













