Britaniyalik musulmonlar guruhi Haj amalini ado qiliş uçun London şahridan Saudiya Arabistoniga qarab velosipedlarda yölga çiqişdi. Bu haqda «Islam i semya» xabar bermoqda. 

Safar davomida 8 nafar erkak 6,5 ming kilometr masofani bosib, 17 mamlakat hududidan ötişlariga töğri keladi. Ular öz guruhini Tour de Haj deb nomlaşgan. Velosipedçilar 7 iyun kuni Londondan safarga çiqişgan va 60 kun içida Madinaga yetib borişni rejalaştirmoqdalar.

15 iyul kuni ular Turkiyaning Istanbul şahriga yetib kelişdi. Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan ularni Dölmabaxçedagi qarorgohida qabul qildi, söngra ular bilan suratga tuşdi.

Britaniyalik musulmonlar Istanbul, Bursa va Könyo şahridagi tarixiy, diniy qadamjolarni ziyorat qilişadi. Söngra samolyotda Misrga yöl olişadi, çunki Iroq va Suriya orqali ötiş imkoniyati yöq. Misrga borgaç, sayohatni yana velosipedda davom ettirib, Saudiya Arabistoniga yetib olişadi.