Aniqroq aytganda, kanalning ayni şu joyida qandaydir tösiq paydo bölgan va oqibatda suv qirğoqqa toşib çiqayotgandi. Ğavvoslar tomonidan kanal tubi közdan keçirilganda, suv ostida yengil maşina borligi ayon böldi.
Avtomaşina suv tubidan çiqarib olingaç, voqea joyiga yetib kelgan içki işlar idorasi xodimlari oldida jumboqli savollar paydo böladi. Çunki oq rangli "Lasetti" avtomaşinasi haydovçining ehtiyotsizligi tufayli kanalga ğarq bölmagani aniq edi. Buning ustiga avtomaşinaning eşiklarini buzib oçişganida, dahşatli manzaraga duç kelişdi.
Orqa örindiqda butkul loyga qorişib ketgan jasad ham bor ekan...
Şundan söng ötkazilgan ekspertiza xulosasiga köra, marhumning ölimi ruhiy kasallikka çalingan bemorlarga möljallangan dori vositasi ta'sirida röy bergan ekan. Uşbu dori vositasi bunday bemorlarni tinçlantiriş, uxlatiş maqsadida qöllaniladi. Soğlom kişiga, ayniqsa, spirtli içimlik iste'molidan söng bu dori juda kuçli ta'sir qiladi, hatto markaziy asab tizimini izdan çiqarişi mumkin. Suv ostidan topilgan jasadda ayni şunday holat röy bergan, çunki dori uning muşaklarida yiğilib qolgan edi.
Şundan söng izquvarlar işga kirişdi. Holbuki, ularning qarşisida bir-biridan jumboqli savollar köndalang turardi: avvalo, bu jasadning şaxsini aniqlaş zarur. Keyin esa, bu mudhiş jinoyatga kim qöl urganini topiş lozim edi...
Huquqni muhofaza qiluvçi idoraga bundan ikki yarim oyça muqaddam Nabi Qudratov (ism-familiyalar özgartirildi) ariza bilan murojaat qilib, öğli Furqat "Lasetti" rusumli avtomaşinasida uydan çiqib ketgani va qaytib kelmaganini ma'lum qilgandi.
Uşbu arizaga asosan Furqat Qudratov içki işlar idoralari xodimlari tomonidan qidirilayotgandi.
Içki işlar idorasi xodimlari Nabi akaga tanib oliş uçun haligi jasadni körsatişgan. Unga qaraşga otaning yuragi doş berolmagan. Jasad haqiqatan ham Furqatniki ekanini N. Qudratovning ukalari, ya'ni marhumning amakilari tasdiqlaşdi.
Bu mudhiş jinoyatga kim qöl urgani barçani birdek qiziqtirardi. Suriştiruv va tergov işlari uzoq ço‘zilmasdan kalavaning uçi yon qöşni Nosir Xolmatovga borib taqaldi. Çunki suriştiruv jarayonida avvalo Furqat kimlar bilan hamkorlik qilgani, hammaslak bölgani obdan örganildi. Taniş-bilişlar tergovga çaqirildi, sörab-suriştirildi. Nabi aka va Furqatning onasi Rözibonu opalar bergan körsatma haqiqatga birmunça yaqin ekanligi tergovçilarning e'tiborini tortdi.
Mavzuga oid
Furqat özidan bir neça yoş katta Nosir bilan ön yildan buyon tadbirkorlik faoliyatida şerikçilik qilib kelgan. Ikkovining örtasida qarz oldi-berdi daftari yuritilgan. Furqat kutilmaganda ğoyib bölişidan ikki oyça burun "Nosir aka qarz daftarni so‘rayapti" deya qarz daftarini otasidan olib, qöşnisiga eltib bergan.
Bundan taşqari, öşa mudhiş voqea röy bergan kun oqşom Nosir Furqatga "maşinangda bir joyga borib, pul olib kelamiz, keyin qarzni qaytaraman" deganidan Furqatning ota-onasi ham xabardor edi.
Ammo öşa kun öğli uyga qaytib kelmagaç, Nabi aka Nosirga uçraşadi.
Şunda Nosir allaqanday bezovta tortib, közlarini olib qoçgan köyi "Öğlingizni körganim yöq", deyişdan nariga ötmaydi.
Ana şunday kunlarning birida tiş döxtiri L. Taniberdiyeva ularning uyiga kirib keladi. "Öşa kun keçga tomon Furqat bilan istirohat boğida avval aylandik, keyin birga ovqatlandik. Öşa mahal Nosir aka öğlingizga telefon qildi, oqşom allaqayerga borib, pul olib kelamiz, dedi. Men Nosir akani ovozidan tanidim", deydi u.
L. Taniberdiyevaning bu sözlari otaning könglidagi şubha-gumonni battar alanga oldiradi. Buning ustiga Nosirning özi ham butkul özgarib qolgan, allaqanday sovuq munosabatda bölar, köçada tasodifan duç kelib qolişganida salom-alikni ham unutib, özini körmaganga olib, ötib ketardi.
Qisqasi, barça dalillar Nosirni Furqat bilan boğliq mudhiş fojiadan xabardor ekanidan darak berardi. Ayniqsa, uşbu fojia yuzasidan ötkazilgan tergov çoğida hammasi oydinlaşdi. Hayoti bevaqt xazon bölgan Furqatning oila a'zolari va tergov idorasi xodimlarining şubha-gumoni töğri çiqdi...
Nosir Xolmatov 1974 yilda Buxoro şahrida tuğilgan. Oliy ma'lumotli, oilali, tört nafar farzandning otasi. Otasi Maşarif Xolmatov Buxoro şahridagi mas'uliyati çeklangan jamiyat şaklidagi qöşma korxona ta'sisçisi. Nosir uşbu qöşma korxonada texnolog sifatida işlaş bilan birga otasi bilan hamkorlikda tadbirkorlik faoliyatini ham yuritib kelgan.
Bir kuni Maşarif aka ilgari qöşma korxonada ekspeditor vazifasida işlagan, ayni damda kirakaşlik bilan şuğullunayotgan Husan Narziqulovni çaqirib, tergovda şaxsini aniqlaş imkoni bölmagan — Samarqand viloyatidagi biznes hamkorlariga 100 ming AQŞ dollari miqdoridagi mablağni yetkazib berişni iltimos qiladi. Haydovçi Husan Narziqulov bunga rozi böladi. Lekin Maşarif akaning omonati manziliga yetib bormaydi. Nega deganda, Husan Narziqulov yölda ketaturib, kutilmaganda soğliği yomonlaşadi va Vobkent tumanining "Yangi hayot" qişloğidan ötuvçi "M-37" yölning 247-kilometrida avtomaşinasini töxtatişga majbur böladi.
Baxtli tasodifni qarangki, bu paytda fermer xöjaligi işçisi I. Olimov velosipedini yetaklagan holda şu yerdan ötib ketayotgandi. U avtomaşina haydovçisi oğzidan ko‘pik kelib, huşsiz yotganiga közi tuşgaç, şoşa-pişa odamlarni yordamga çaqiradi. Yuz qadamça narida bölgan YPX xodimi va yana bir fuqaro I. Olimov yordamga şoşiladi.
Viloyat IIB YHXB 3-safarbarlik YPH inspektori S. Şoimov va "Damas" avtomaşinasi haydovçisi J. Döstmurodov yetib kelganda haydovçining ahvoli ança oğir, uning boşi yoniga osilib tuşgan, oğzidan köpik kelib, huşsiz holda yotardi.
Yordamga yetib kelganlar zudlik bilan "Tez tibbiy yordam"ga qönğiroq qilişadi. Şifokorlar darhol yetib kelib, haydovçini tekşirib, qon bosimi tuşib ketganini aytişadi va uni darhol şifoxonaga olib borişadi. Şundan söng inspektor S. Şoimov J. Döstmurodovga haydovçining qarindoşlariga qönğiroq qilib, voqeadan xabardor etişni buyuradi. J. Döstmurodov Husan Narziqulovning avtomaşinada qolgan qöl telefoni tugmaçasini bosganida, birinçi bölib, "şef" degan yozuv çiqadi.
J. Döstmurodov "şef"ga qönğiroq qilib, yuz bergan voqeani aytadi.
"Şef" — Nosir Xolmatov edi...
Buyoğini sörasangiz, Nosir otasi Maşarif aka samarqandlik hamkorlariga katta miqdorda mablağ jönatayotganidan allaqaçon xabar topgan va bu mablağni bosqinçilik yöli bilan qölga kiritiş payiga tuşgandi. Buni soğlom fikrli odam hatto tasavvuriga ham siğdira olmaydi, ammo Nosir öz otasiga nisbatan şunday işga qöl urgandi.
Nosirga bu jinoyatni amalga oşiriş uçun şerik kerak edi. U bu haqida öylaganda, birinçi bölib, tanişi Zokir Xolmirzayev köz oldiga keldi va unga qönğiroq qilib, tezda uçraşiş zarurligini aytdi.
Şundan söng Nosir vaqtni qöldan boy bermay haydovçi Husan Narziqulovga qönğiroq qiladi-da, "poçta"ni olib, yölga çiqişdan oldin öziga bir uçraşib ketişni, samarqandlik tanişiga kuçuk berib yubormoqçi ekanini aytadi.
Husan Narziqulov biron-bir noxuşlikni xayoliga ham keltirmay Nosirning uyiga boradi. Bu paytda hovlida Zokir Xolmirzayev ham bor edi. Nosir jinoiy rejaga köra, allaqaçon dori vositasini limon şarbatiga aralaştirib qöygandi. Yölga şoşib turgan Husan Narziqulov Nosir uzatgan limon şarbatini bir kötarişda içib yuboradi.
Öşa kun Husan Narziqulov kuçukçani olib, yölga tuşadi.
Jinoiy şeriklar limon şarbatiga qöşilgan dori odamni qattiq uxlatib taşlaşini ular yaxşi bilişardi. Şuning uçun "Lasetti"da "Buxoro — Samarqand" yönalişi böyiça H. Narziqulov harakatlanişni boşlagan paytda Nosir özining "Captiva" avtomaşinasida Z. Xolmirzayev bilan uning ortidan poylab borardi.
Öşa kun YPX inspektori "Lasetti"ning eşiklarini qulflab, boşqalarga heç qayoqqa ketmay turişni tayinlayotgan paytda ularning qarşisida "Captiva" avtomaşinasi kelib töxtaydi va undan ikki kişi tuşadi. Ular YPX inspektoridan "Husan akaga nima qildi?!" — deya xavotirga tuşgan köyi söraşadi. YPX inspektori röy bergan voqeani qisqaça aytib bergaç, ulardan biri H. Narziqulovga tegişli "Lasetti"ning kalitini oladi-da, qayta-qayta rahmat aytib, avtomaşinani haydab ketadi. Şu tariqa jinoiy şeriklar "Lasetti" avtomaşinasining old örindiği ostida turgan, Maşarif Xolmatovning biznes hamkorlariga atalgan 100 ming AQŞ dollarini qölga kiritişadi.
Eng qiziği şundaki, Nosir bilan Zokir H. Narziqulovning avtomaşinasidagi boylikni bosqinçilik yöli bilan qölga kiritişganidan Furqat ham xabar topadi. Ammo u Nosirni bu yöldan qaytariş, otasiga nisbatan bunday qilmişga qöl uriş oğir gunoh ekanini aytiş örniga tovlamaçilik yöliga ötadi. Ya'ni u qirq ming AQŞ dollari bermasa, barçasini otasi Maşarif Xolmatovga oqizmay-tomizmay yetkazişini aytib, Nosirni qörqita boşlaydi.
Buni eşitib, Nosir talvasaga tuşib qoladi va darhol Furqatning oğzini yopişga harakat qiladi. Unga 10 ming AQŞ dollari beradi, lekin Furqat bunga rozi bölmaydi va yana köproq pul berişni talab qiladi.
Nosir Furqatni gumdon qiliş payiga tuşadi va mudhiş rejasini şerigi Zokirga aytadi. Şundan söng ular Furqatni yöq qiliş uçun jinoiy reja tuzişadi.
Keç soat önlarda Nosir Furqatga qönğiroq qilib, Buxoro şahrining Temiryölçilar va Kogon köçalari kesişgan joyda uçraşişni taklif qiladi. Furqat bunga rozilik bildiradi. Şundan söng tungi soat ön birlarda Nosir, Zokir va Furqat kelişilgan joyda uçraşişadi. Nosirning Kogon tumanida yaşovçi bir tanişida puli borligi haqidagi yolğon gapiga işongan Furqat maşinani öşa tomonga haydaydi, ammo yölda keta turib, kutilmaganda, belida qattiq oğriq paydo böladi.
Nosir ikki dona tabletkani aldov yöli bilan Furqatga içiradi. Nosir kutganidek, dori tezda öz ta'sirini körsatdi. Bir zumda Furqat doridan zaharlanib, hayotdan köz yumadi.
Şundan söng jinoiy şeriklar jinoyat izini qanday yaşiriş haqida öylay boşlaşadi. Ular Furqatni "Lasetti"ning orqa örindiğiga ötqizişib, avtomaşinani kanalga çöktirib yuborişadi.
Hayotda biron-bir jinoiy qilmiş jazosiz qolmaydi. Yuqorida bayon etilgan jinoiy qilmişlarni sodir etgan kimsalar ham oxir-oqibat qonun oldida javob berişdi.
Sud hukm öqidi. Sudlanuvçi N. Xolmatov Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi "o", "p" bandlari, 164-moddasi 4-qismi "a" bandi, Z. Xolmirzayev Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi "o", "p" bandlari, 164-moddasi 4-qismi "a" bandi va 168-moddasi 1-qismida körsatilgan jinoyatlarni sodir qilganlikda aybdor deb topildi. Sudlanuvçilarga nisbatan ayblangan har bir modda böyiça alohida-alohida jazo tayinlab, tayinlangan jazolarni qisman qöşiş yöli bilan jinoyatlar majmui böyiça uzil-kesil yigirma yildan muddatga ozodlikdan mahrum qilişga hukm çiqardi. Sudlanuvçi N. Xolmatov jazoning — dastlabki tört, Z. Xolmirzayev esa, uç yilini turmada, qolgan qismini umumiy tartibli koloniyada ötaydigan bölişdi.
Qodirbergan YaXŞIMURATOV,
jinoyat işlari böyiça Buxoro viloyati sudining raisi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi