Namangan viloyati Çust tumanida öqituvçilarni majburiy mehnatga jalb qiliş holatini Özbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Davlat mehnat inspeksiyasi öz nazoratiga oldi, deb xabar bermoqda vazirlik axborot xizmati.
16 iyul kuni Kun.uz saytida Namangan viloyati Çust tumanidagi 9-maktab jamoasi a'zolari mehnat ta'tili davrida maktabning quriliş va obodonlaştiriş işlariga majburiy jalb yetilgani haqida maqola e'lon qilindi.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi axborotiga köra, uşbu masala yuzasida tekşiruv natijalar böyiça yaqin vaqt oraliğida batafsil ma'lumot beriladi.
«Agar Siz mehnat huquqi buzilayotgan biror bir holatga duç kelsangiz, Davlat mehnat inspeksiyasining +998 71 200-06-00 işonç telefoni hamda @mehnathuquqbot Telegram boti orqali murojaat qilişingiz mumkin.
Murojaatçining şaxsi sir tutiladi», — deya qöşimça qilinadi vazirlik xabarida.
Bundan avval, Namangan viloyati Kosonsoy tumanidagi maktab öqituvçilarining «Yaşil xiyobon» hududida «şanbalik» niqobi ostida eni 1,5-2 metr, uzunligi 410 metr joyga beton quyiş va obodonlaştiriş işlariga majburiy jalb etilgani xabar qilingandi.












